Jahon | 14:44 / 30.12.2020
2013
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada AstraZeneca vaksinasidan foydalanishga ruxsat berildi

Buyuk Britaniya hukumati dekabr boshlarida dunyoda birinchi bo‘lib Pfizer va BioNTech kompaniyalari birgalikda ishlab chiqargan vaksinani ma'qullagandi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya dori vositalarini nazorat qilish agentligi (MHRA) AstraZeneca Angliya-Shvetsiya farmatsevtika kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni ma'qulladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

 "Buyuk Britaniyada AstraZeneca kompaniyasining COVID-19ga qarshi vaksinasidan shoshilinch hollarda foydalanishga ruxsat berildi, dastlabki dozalar bugun chiqariladi va yangi yil boshlarida vaksinatsiya boshlanishi mumkin", - deyiladi kompaniya xabarida.

 Xabarda aytilishicha, vaksina 18 yoshdan kattalarga mo‘ljallangan.

 "Ruxsatga muvofiq, 4-12 hafta oralig‘ida ikki doza vaksina kiritish tavsiya etiladi. Klinik sinovlarda foydalanilgan ushbu rejim xavfsiz va samarali bo‘ldi", - deyiladi kompaniya tomonidan.

 Qayd etilishicha, klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ikkinchi doza kiritilganidan 14 kun o‘tganidan so‘ng og‘irlashtiruvchi holatlar kuzatilmagan.

 Buyuk Britaniya hukumati dekabr boshlarida dunyoda birinchi bo‘lib AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari birgalikda ishlab chiqargan vaksinani ma'qullagan, 8 dekabrda koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid