AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasining aksiyalari qiymati 8 foizga tuşib ketdi — bu 2020 yil martdan beri kuzatilgan eng yomon körsatkiç, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilişiça, aksiyalar qiymatining tuşib ketişiga Xitoyda kompaniyaning mahalliy biznesi rahbariyatiga nisbatan tergov olib borilayotgani sabab bölgan. Ötgan hafta işlab çiqaruvçi Xitoydagi bölinmasi rahbari Leon Van tergov qilinayotgani va kompaniya XXR hukumati bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan edi. Ammo u vaqt AstraZeneca vaziyatga oid qöşimça ma’lumotlarni oşkor etmagan.
Kuni keça Yisai Global agentligi AstraZeneca Çina’ning önlab top-menejerlari tergov qilinayotgani töğrisida xabar berdi. Tergovning özi bilan bir neçta nazorat organlari şuğullanmoqda.
Ma’lumotlarga köra, Leon Vanga nisbatan tergov suğurta firibgarligi bilan boğliq. 2021 yilda hukumat AstraZeneca’ning Siçuan provinsiyasidagi tibbiy vakili öpka saratoniga qarşi Tagrisso dori vositasi retseptlarini soxtalaştirayotganini aniqlagan edi. Bu orqali u bemorlar mazkur dorilarni suğurta orqali xarid qilişlariga imkon yaratgan. Şuningdek, u genetik test töğrisidagi ijobiy hisobotlarni soxtalaştirgan va hatto dori vositalarini suğurta orqali sotiş hamda kompaniya foydasiga imtiyozlar oliş uçun test ötkazadigan laboratoriyalar bilan til biriktirgan.
Sönggi uç yil içida AstraZeneca iştirokidagi suğurta firibgarligiga oid holatlar Şençjen, Futszyan, va Tszyansi provinsiyalarida aniqlangan. Retseptlarni soxtalaştiriş sxemasiga kompaniyaning nafaqat hududiy menejerlari, balki yuqori lavozimdagi rahbariyati ham aloqador ekani aniqlangan.












