AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarşi keng qöllanadigan özining Covishield vaksinasi ba’zi nojöya ta’sirlarni keltirib çiqarişi mumkinligini tan oldi. Ular orasida qon quyulişi oqibatida tromblarning hosil bölişi va trombotsitlar darajasining pasayişi bor. Bu haqda The Independent yozdi. 

Qayd qilinişiça, Covishield britaniya-şvetsiya kompaniyasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda işlab çiqilgan va Hindistonning Serum instituti tomonidan işlab çiqarilgan. Uşbu vaksina 150 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Özbekistonda ham keng qöllanilgan. 

Pandemiya davrida olib borilgan ba’zi tadqiqotlar şuni körsatdiki, vaksina yangi koronavirusdan 60-80 foizgaça himoya qiladi. Ammo keyingi tadqiqotlar natijasida Covishield ba’zi odamlarda tromblarni hosil qilişi, bu esa ölimga olib kelişi mumkinligi aniqlangan. 

Naşrning yozişiça, Buyuk Britaniyada sudga kiritilgan jamoaviy da’voda vaksina ölimga va jiddiy jarohatlarga olib kelgani aytiladi. Taxminan 50 nafar jabrlanuvçi kompaniyadan 100 million funt sterling tovon puli talab qilgan. Da’vogarlardan biri vaksina özida tromb hosil qilgani, oqibatda miyasiga jiddiy şikast yetib, mehnat qiliş qobiliyatini yöqotganini aytgan. 

AstraZeneca bu da’volarga e’tiroz bildirgan, ammo sud jarayoni vaqtida vaksina juda kamdan-kam hollarda «tromb hosil qilişi va trombotsitlar darajasini pasaytirişini» (trombotsitopeniya bilan tromboz sindromi, Ts) birinçi marta tan olgan. 

«AZ vaksinasi juda kamdan-kam hollarda Ts keltirib çiqarişi mumkin. Sababi noma’lum. Bundan taşqari, Ts vaksinasiz (yoki boşqa vaksina bilan) ham kelib çiqişi mumkin. Har bir holat alohida ekspertiza talab qiladi», deyiladi kompaniya bayonotida. 

Avvalroq, AstraZeneca Ts vaksina sababli kelib çiqişini tan olmagan edi. Suddagi bayonoti esa bunga zid ekani aytilmoqda. 

Şu bilan birga, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Covishield hayot uçun xavfli bölgan nojöya ta’sirlarga ega ekanini tasdiqlagan. 

«Uşbu vaksina bilan emlanişdan keyin trombotsitopeniya bilan tromboz sindromi (Ts) deb ataladigan juda kam uçraydigan nojöya ta’sir aniqlandi, bu trombotsitlar darajasining pastligi bilan boğliq bölgan ğayrioddiy va oğir qon iviş hodisasi», deb xabar berdi taşkilot.