AstraZeneca Britaniya-Şvetsiya farmatsevtika kompaniyasi özining koronavirusga qarşi vaksinasini sotiş uçun bergan ruxsatnomasini bekor qildi, deb yozdi The Telegraph. Kompaniya bu qadamni faqat doriga bölgan talab kamayib ketgani bilan izohlamoqda.
AstraZeneca öz vaksinasini endi işlab çiqarmaydi yoki sotmaydi, çunki «bozor samaraliroq va virusning yangi variantlaridan himoya qila oladigan dorilar bilan tölib toşgan». Jumladan, 7 maydan boşlab, Vaxzevria vaksinasi Yevropa Ittifoqida qöllanilmaydi. Uşbu dori yaqin oylarda Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarda ham sotuvdan olib taşlanadi.
Avvalroq, AstraZeneca koronavirusga qarşi keng qöllanadigan özining Covishield vaksinasi ba’zi nojöya ta’sirlarni keltirib çiqarişi mumkinligini tan olgan edi. Ular orasida qon quyulişi oqibatida tromblarning hosil bölişi va trombotsitlar darajasining pasayişi bor. Bu nojöya ta’sirlar ölimga olib kelişi mumkin. Kompaniya bunday nojöya ta’sir «juda kamdan-kam hollarda yuz berişi mumkinligini, buning sababi noma’lum ekanini» tasdiqlagan.
The Telegraph xabariga köra, vaksinadan jabrlanuvçilar va qurbonlarning qarindoşlari farmatsevtika kompaniyasiga qarşi jamoaviy da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilişgan. Ular umumiy hisobda 100 million funt sterling tovon puli talab qilmoqda. Sud uşbu da’volarni 2023 yildan körib çiqişni boşlagan.
Covishield vaksinasi 150 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Özbekistonda ham keng qöllanilgan.












