Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi, Espors Uzbekistan, Full Level Espors hamda UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari hamkorligida taşkil etilgan «Yangi yilga sport bilan!» şiori ostidagi ommaviy sport festivali öz yakuniga yetdi.

Festivalning sönggi kunida yurtdoşlarimiz yilning eng yirik loyihalari – şaxmat böyiça onlayn Özbekiston çempionati hamda kibersport böyiça «Uzbekistan Online Cup» musobaqalarining Grand Final bahslari ğoliblarini bilib olişdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taşabbusi bilan aholi örtasida taşkil etilgan «Uyda qol va ğalaba qozon!» şiori ostidagi şaxmat böyiça Özbekiston ikkinçi onlayn çempionati 2020 yil 20 iyuldan 15 noyabrga qadar ötkazildi. Qariyb beş oy davomida şaxmat işqibozlarini hayajonda uşlab turgan musobaqaning Grand Final bahslari oflayn tarzda taşkil etildi.

Ötgan davr mobaynida şaxmat böyiça ikkinçi onlayn Özbekiston çempionatining 50 ta saralaş bosqiçida jami 6 650 nafar iştirokçi qamrab olinib, ular orasidan 500 nafar saralangan şaxmatçi boş sovrin – Spark avtomobilini qölga kiritiş uçun şu yil 28-30 dekabr kunlari poytaxtimizdagi «Milliy» stadionida ötkazilgan Grand Final'da iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. Saralaş bosqiçlarida örtaça 800-1000 nafar şaxmatçi iştirok etdi.

Grand Final musobaqasida 2010 yil 7 fevral kuni Toşkent şahrida tuğilgan Xumoyun Bekmurodov ğolib çiqib, unga Prezident sovğasi — Spark avtomobili topşirildi.

X.Bekmurodov Xalqaro şaxmat akademiyasi tarbiyalanuvçisi bölib, sport ustaligiga nomzod sanaladi. U şaxmat böyiça 5 karra Özbekiston, 9 marotaba Osiyo va 5 bora Jahon çempionati ğolibligini qölga kiritgan.

Şuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi festival doirasida 2020 yilning eng yaxşilarini ham taqdirladi.

Ançayin murakkab şaroitda keçgan 2020 yilning «Eng yaxşi sportçisi» nomiga oğir jarrohlik operatsiyasidan keyin yuksak matonat körsatib, yana sportga qayta olgan va ulkan yutuqlarga erişgan dzyudo böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Davlat Bobonov sazovor böldi.