Prezident qarori bilan Özbekistonning 2021-2023 yillarga möljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Dasturda 3 yil davomida 928 trillion 7 milliard söm miqdoridagi markazlaşgan va markazlaşmagan investitsiyalar, jumladan, 37,5 milliard AQŞ dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar özlaştirilişi belgilangan.
Hujjatga köra, 2021 yilda 226 ta yangi va yirik işlab çiqariş obektlari hamda quvvatlari işga tuşiriladi. Natijada 34 mingdan ziyod iş örni yaratiladi.
Qaror bilan Investitsiya va taşqi savdo vazirligi tuzilmasida Investitsiyadan keyingi monitoring boşqarmasi taşkil etildi.
Boşqarma faoliyati asosan investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan işlab çiqariş quvvatlari va obektlaridan foydalaniş darajasini tahlil qilişga, investitsiya loyihalari böyiça texnik va iqtisodiy körsatkiçlarga erişiş yuzasidan loyiha taşabbuskorlariga kömaklaşişga qaratiladi.
Ma'lumot uçun, joriy yilning yanvarida prezident qarori bilan tasdiqlangan 2020–2022 yillarga möljallangan Investitsiya dasturida 850,5 trillion söm investitsiyalar, şu jumladan, 35,5 mlrd AQŞ dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş belgilangan edi.
Hujjatda 2020 yil davomida 206ta yangi işlab çiqariş quvvatlari va 31 mingdan ziyod iş örinlari yaratiş rejalaştirilgani qayd etilgandi.












