Taraqqiyot strategiyasi markazida Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi bölib ötdi. Majlisda «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.

  • Qonun bilan sud tizimida taşkiliy-tuzilmaviy özgarişlar amalga oşirilayotganini inobatga olib, Konstitutsiyaning 107-moddasiga tegişli özgartişlar kiritilmoqda. Özgartiriş kiritilayotgan moddada aniqlik kiritilişiça, Özbekiston sud tizimi Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, harbiy sudlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar ma'muriy sudlari, fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman, şahar sudlari, jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlari, tumanlararo, tuman, şahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlardan iborat. Uşbu özgartiriş Özbekiston prezidentining 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga köra kiritilmoqda, farmonga köra, 1 yanvardan boşlab sud tizimiga tegişli özgartirişlar kiritilişi lozim.

Tadbirda Kun.uz muxbiri uşbu qonun Qonunçilik palatasi tomonidan Konstitutsiyaning 128-moddasi va «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining reglamenti töğrisida»gi qonunning 15-moddasiga zid ravişda keng jamoatçilikka muhokama uçun e'lon qilinmagani va palata rasmiy saytiga joylaştirilmagani borasida savol berdi.

Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud raislari örinbosarlari bu savol yuzasidan munosabat bildirişdi.

Oliy sud raisi örinbosari Ikrom Muslimov

«Bu taşabbus özimiz, ya'ni sudlar xohlagani uçun emas, balki xalq şuni talab qilgani uçun bildirildi. Ana öşa jarayonda senator va deputatlarimiz joylarga çiqib xalqning fikrini, bu boradagi qiyinçiliklarini örgandi.

Aytib ötganimdek, qançalik yuk yelkamizga tuşayotganini bilgan holda bunga rozi bölyapmiz. Çunki bugun bu işni qilmasak, erta qilişimiz kerak. Farmon [loyihasini] tayyorlaş jarayoni ikki yil davom etdi. Farmon qabul qilinib, e'lon qilindi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi.

Undan taşqari, Oliy Majlisda 3 marta öqildi [Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi], har bir öqilgandan keyin intervyular berildi, televideniye orqali mazmun-mohiyati keng yoritildi. Men jamoatçilik bundan bexabar degan fikrlarga qöşila olmayman», – dedi Oliy sud raisi örinbosari Ikrom Muslimov.