Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil taşuvlarini nazorat qiliş tartibi töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Avtomobil taşuvlarini nazorat qilişning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • avtotransportda xizmatlar xavfsizligi va sifatini oşiriş, avtomobillarda taşuvlar sohasidagi huquqbuzarliklar oldini oliş;
  • avtomobil transporti sohasidagi qonunlarga rioya etilişini ta'minlaş, şu jumladan lisenziatlar tomonidan litsenziya talab va şartlariga rioya qilinişini ta'minlaş;
  • yölovçilar, bagaj va yuk taşiş qoidalariga rioya etiş, yölovçilar va yuk taşiş xavfsizligi, yölovçilarga xizmat körsatiş madaniyatining zarur darajasini ta'minlaş, yölovçilar yönalişlarida transport vositalarining bir maromda harakatlanişi, belgilangan harakat jadvali va oraliqlariga rioya etilişini nazorat qiliş;
  • taşuvçilar tomonidan yölovçilar hayoti, soğligi va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uçun qonun hujjatlarida örnatilgan fuqarolik javobgarligini majburiy suğurtalaşga oid majburiyatlarning bajarilişini tizimli nazorat qiliş;
  • yölovçi va yuklarni avtomobil transportida litsenziyasiz taşiş holatlarini aniqlaş va ularga nisbatan amaldagi qonunçilikka asosan çoralar köriş;
  • milliy va xorijiy avtotaşuvçilar tomonidan taşişlarni amalga oşirişda haydovçilarining mehnat va dam oliş rejimiga amal qilişi, avtomobil transportida xalqaro taşuvlar sohasidagi xalqaro şartnomalar bajarilişini ta'minlaş;
  • Özbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarga tegişli bölgan avtotransport vositalarida yölovçilar, bagaj yoki yuklarni taşiş, şu jumladan Özbekiston Respublikasi hududiga vaqtinçalik keltirilgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarida taşişlarni (kabotaj taşişlarni) amalga oşirişda xalqaro şartnomalar şartlariga rioya etilişini nazorat qiliş;
  • xorijiy davlatlarga tegişli bölgan avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga belgilangan ötiş punktlari orqali kirib kelganligini nazorat qiliş.

Avtomobil taşuvlarini nazorat qiliş tizimi quyidagilarni ta'minlaydi:

  • milliy va xorijiy taşuvçilar tomonidan avtomobil taşuvlarini amalga oşirişda belgilangan tartibga rioya qiliş;
  • milliy va xorijiy taşuvçilar tomonidan avtomobil sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilişining oldini oliş;
  • nazorat punktlarida avtotransport vositalari tomonidan xalqaro avtomobil taşuvlarini amalga oşirişda ruxsatnomalardan foydalaniş hisobini yuritiş;