Olimlar qaysi qon guruhi egalari eng kuçli immunitetga ega ekanliklarini aniqlaşdi. Ular olib borgan tadqiqotga köra, IV qon guruhi egalari eng kuçli immunitetga ega böladilar.
Mutaxassislar kelgan xulosaga köra, qon guruhi inson organizmining virusli infeksiya vaqtida interferon işlab çiqara olişiga ta'sir qiladi. Bu esa immun tizimi bilan bevosita boğliq hisoblanadi. Interferonlar virus, bakterial moddalar va past molekulyar kimyoviy birikmalarning organizmga kirişiga javoban işlab çiqariladigan oqsillar hisoblanadi.
Olimlar IV qon guruhiga ega odamlar interferon işlab çiqariş borasida eng kuçli ekanliklarini aniqlaşgan. Bunday qon guruhiga ega sinaluvçilarning 92 foizi organizmida uşbu oqsil köp miqdorda işlab çiqarilgan.
I va III qon guruhiga ega sinaluvçilarning, mos ravişda, 80 va 91 foizida yuqori körsatkiçlar qayd qilingan.
II qon guruhi taşuvçilarining 40 foizida interferon işlab çiqariş darajasi past bölgan va ular kasalliklarga uçraşga qolganlardan köra köproq moyil hisoblanadilar.
Avvalroq xitoylik olimlar koronavirusni boşdan ötkazganlarning aksariyati immunitet tiklanişi muammolariga duç kelişlari mumkinligi haqidagi xulosaga kelişgandi. Bunday odamlarning bir qismida qonda limfotsitlar kamayişi kuzatilgan.













