Qosim Sulaymoniy kim edi?
1979 yil Eronning bugungi hayot tarziga asos ölaroq islom inqilobi sodir böladi. Da'voga köra, hukumat imperialistlar bilan hamkorlik qilib, jamiyatni fahş va uyatsizlikka botirayotganiga ortiq çiday olmagan eronliklar inqilob qilişadi. Natijada Eron öz nomiga köra islom davlatiga aylanadi.
Inqilob amalga oşgaç, Eronda inqilob muhofizlari korpusi atalmiş çek-çegarasiz vakolatga ega qöşin tuziladi. Bu korpusning birlamçi vazifasi inqilob orqali şakllangan hukumatni himoya qiliş edi. Keyin bu qöşinning vakolati şunçalik kengaydiki, 84 million kişi yaşaydigan Eronda köngillilarni ham inobatga olganda, inqilob muhofizlari korpusi zobitlari soni 10 milliondan oşib ketdi. Ana şu qöşinning «Al Quds» nomli maxsus bölinmasi bor. Qosim Sulaymoniy öşa bölinma qömondoni edi.
«Al Quds» qilgan işlar haqida afsonalar juda köp va ular haqida yuzlab filmlar işlaş mumkin. Darvoqe, Qosim Sulaymoniy obrazi bir neça filmlarda ham keltirilgan, jumladan, Isroil filmlarida ham. Qosim Sulaymoniy Eronda oyatulloh Ali Xominaiydan keyingi ikkinçi odam sifatida e'tirof etilardi. Prezident Hasan Ruhoniyga hurmatni saqlagan holda aytiş mumkinki, Qosim Sulaymoniyga bölgan munosabat bu faktni isbotlaydi.
Bir neça kundan buyon Eron telekanallarida generalni eslab juda köp körsatuvlar berilmoqda. Ularni körib şunday xulosa kiliş mumkin: Eron xalqi Qosim Sulaymoniyni ongli ravişda yaxşi körgan. Çunki uni faqat harbiy sifatida emas, ma'naviy yetakçi sifatida ham bilişardi. Sulaymoniy halok bölganida xalq köçalarga çiqib AQŞdan qasos oliş kerakligi haqida baqirayotganda Tramp aslida eronliklar xursand ekanini, köçalardagi bir guruh odamlar eronlik siyosatçilar tomonidan boşqarilayotganini aytgandi. Biroq öşanda Tramp aytganidek bir guruh odam emas, butun boşli mamlakat AQŞni la'natlab köçalarga çiqqandi. Çunki eronliklarning ham hayotda özlari işonadigan da'volari bor va Amerikani yomon körişlari uçun ularni boşqariş şart emas.

Xullas, Qosim Sulaymoniy mana şunday maşhur, nafaqat Eron xalqi orasida, balki butun dunyodagi şialar orasida obrösi baland odam edi. U öldirilgaç, hatto Kaşmirdagi şialar ham namoyişga çiqib, qasos talab qilişdi.
General nega öldirilgandi?
AQŞ prezidentlarining tarixga kiriş uçun qiladigan harakatlari doim ham yaxşi oqibatlarga olib kelmaydi. Ayniqsa Tramp tarixga kiriş uçun haddan taşqari köp harakat qilib yubordi. IŞID yetakçisi Abubakr Bağdodiyning öldirilişi xuddi Obama davridagi Usama bin Lodinning öldirilişiga öxşab ketdi va bu uçun Trampni olqişlaşdi. Çunki Bağdodiy butun dunyoda birinçi raqamli terrorçi sifatida tan olingandi.










