AQŞ prezidenti Donald Tramp Jorjiya ştati davlat kotibi Bred Raffenspergerdan prezident saylovida uşbu ştatda ğalaba qozonişi uçun yetmay qolgan "11780ta ovozni topiş"ni talab qildi. The Washington Post naşri ana şunday talab yangragan audioyozuvni e'lon qildi.

 "Men faqat bir narsani xohlayman. Men 11780ta ovozni, undagidan (Jo Baydendan) bittaga köp ovozni xohlayman. Çunki biz bu ştatda ğalaba qozondik", - deydi audioyozuvda ovozi Trampning ovoziga öxşagan erkak.

 Jorjiya ştatida 11779ta ovoz farqi bilan Jozef Bayden ğalaba qozongandi. Mazkur ştatda ovozlar ikki marta qaytadan sanab çiqildi va har ikkisida ham Bayden ğolib çiqqani tasdiqlandi.

 Audioyozuvdagi suhbat jarayonida Tramp agarda Raffensperger va uning yuridik maslahatçisi Fulton okrugida minglab byulletenlar yöq qilinganligini tan olmaydigan bölsa, ular jinoiy javobgar bölişi bilan tahdid qiladi.

"Bu jinoyat. Bunday bölişiga yöl qöyolmaysiz", - deydi erkak. 

 AQŞning saylangan vitse-prezidenti Kamala Harris audioyozuvga izoh berarkan, buni "hokimiyatni qöpol ravişda suiiste'mol qiliş"ga misol deb atadi.  

Oq uy va Trampning saylov ştabi bu borada hozirça izoh bermadi.