Eron Bağdod aeroportida general Qosim Sulaymoniyning öldirilişi sababli AQŞning 48 nafar fuqarosi, jumladan, prezident Donald Trampni xalqaro qidiruvga berdi. 

 Bu haqda Eron oliy sudi matbuot kotibi Ğulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.

 Uning sözlariga köra, Eron Sulaymoniyning öldirilişi böyiça suriştiruv işlarida mintaqadagi olti davlat, birinçi navbatda Iroq bilan hamkorlik qilmoqda.

«Generalning öldirilişiga aloqador 48 nafar şaxsni aniqlaşga muvaffaq böldik. Ular orasida AQŞning rasmiy şaxslari, jumladan, Pentagon va AQŞning mintaqadagi qömondonligi a'zolari bor. Ammo asosiy rolni prezident Donald Tramp öynagan. Ularning barçasiga nisbatan Interpolning qizil sirkulyari böyiça qidiruv e'lon qilindi», - dedi Ismoiliy.

Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvarda Bağdod aeroporti yaqinida AQŞ droni zarbasi natijasida öldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili halok bölgan.