Uy-joy kommunal xöjalik vaziri Muzaffar Soliyev işdan olindi.

Ma'lum bölişiça, 4 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida prezident topşiriğiga asosan boş vazir Abdulla Aripov va prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbarligida yiğiliş ötkazilgan. Yiğiliş yakunlari böyiça davlat rahbariga axborot berilgan. Davlat rahbarining 5 yanvardagi farmoniga binoan Muzaffar Soliyev işdan olingan, bundan taşqari, Transport vaziri örinbosari - Avtomobil yöllari qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevga hayfsan berilgan, şuningdek, quriliş vaziri Botir Zokirov ogohlantirilgan.

Unga kamçiliklarni bartaraf etiş va çoradan töğri xulosa çiqariş uçun 6 oy muddat belgilangan, agar bu vazifani uddalay olmasa, u işdan olinişi mumkin.
Abdurahmon Abduvaliyev 2017 yil martidan buyon Avtomobil yöllari davlat qömitasiga raislik qilib keladi.

Muqaddam mudofaa vazirining şaxsiy tarkib bilan işlaş böyiça örinbosari lavozimida işlagan Muzaffar Soliyev Özbekiston prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi farmoniga muvofiq uy-joy kommunal xizmatlar vaziri etib tayinlangandi.
U lavozimdan çetlatilgani töğrisidagi xabarlar oldinroq paydo bölgan, bunga sabab sifatida uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondaşgani, faoliyatida mas'uliyatsizlikka yöl qöygani körsatilgan edi. Ammo vazirlik matbuot xizmati bu xabarlarni tasdiqlamagandi.










