Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 18 martdagi PF-4991-sonli Farmoni bilan Abdurahmon Abduvaliyev Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda qömita rasmiy saytida xabar berilgan.

Abdurahmon Abdulhayeviç Abduvaliyev ayni paytga qadar Avtomobil yöllari quriş va foydalaniş davlat-aksiyadorlik kompaniyasi («Özavtoyöl» DAK) boşqaruvi raisi sifatida faoliyat körsatib kelgan edi. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi Farmoni bilan «Özavtoyöl» DAK faoliyati tugatilib, uning negizida Avtomobil yöllari davlat qömitasi taşkil etilgandi.

Özbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan yana bir hujjat, ya'ni 2017 yil 18 martdagi PQ-2846-sonli qaroriga binoan Şuhrat Nazarov Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari etib tayinlandi.

Şuhrat Baxtiyoroviç Nazarov ayni paytga qadar «Özavtoyöl» DAK boşqaruvi raisi örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelgan.

Prezidentning 2017 yil 14 fevraldagi «Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan qömita taşkiliy tuzilmasiga asosan, yangi taşkil etilgan qömita raisining birinçi örinbosari — moliya-iqtisodiyot, iqtisodiy tahlil va istiqboldagi rivojlaniş, sanoatni rivojlantiriş, xalqaro aloqalar hamda taşqi iqtisodiy aloqalar masalalariga rahbarlik qiladi.

Avtomobil yöllari davlat qömitasi tasarrufiga 5 ta ta'lim muassasasi ötkazildi