Qayd etilişiça, mazkur bojxona posti orqali hozirça faqat xalqaro yuk taşuvçi maşinalar harakatlanişi belgilangan. Endilikda Samarqand viloyati hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari mazkur post orqali öz tovarlarini qöşni davlatga bemalol eksport qilişlari yoki tovarlar importini amalga oşirişlari mumkin.

Samarqand viloyat bojxona boşqarmasi, «Jartepa» posti orqali jismoniy şaxslarning harakatlanişiga ruxsat berilganida bu haqida qöşimça xabar berilişini ma'lum qildi.

Ma'lumot örnida, «Jartepa» çegara bojxona posti koronavirus pandemiyasi tarqalişi ortidan respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 aprel kuni qabul qilgan 20-sonli yiğiliş bayonnomasiga köra yopilgan edi.

Ötgan davr mobaynida Tojikistonga faqat Toşkent viloyatidagi «Oybek», Surxondaryo viloyatidagi «Sariosiyo» va Sirdaryo viloyatida «Plotina» çegara bojxona posti orqali eksport-import tartibidagi yuklar ötkazilgan.