Oq uyning amaldagi rahbari demokratlar Oq uy va senatni egallab olsalar, prezident lavozimi uçun “qaqşatqiç jangga kirişişi”ni ma'lum qilgan.

“Mağlub bölib, “yaxşi, men mağlub böldim” deyiş mumkin. Biroq boşqa safar bunday qilarman, balki qilmasman yoki odatiy hayotga qaytarman. Biroq sen katta ustunlik bilan ğalaba qozonsang-u, biroq sendan ğalabani tortib olişsa va natijalarni soxtalaştirişsa – bunga yöl qöyib bölmaydi”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.

AQŞda 2020 yil 3 noyabrda ötgan prezident saylovlari natijalariga köra Bayden ğalaba qozondi. Demokratga 306 saylovçi, Trampga esa 232 saylovçi öz ovozini bergan. Uşbu natijalar 6 yanvarda kongress tomonidan tasdiqlanişi lozim. Biroq Tramp mağlubiyatini tan olişdan boş tortmoqda. 

Oq uy rahbarining ta'kidlaşiça, demokratlar ğalabasi AQŞda “kommunizm boşlanişini” anglatadi.