AQŞ poytaxti Vaşingtonda amaldagi prezident Donald Trampning tarafdorlari tartibsizlik keltirib çiqardi. Ular AQŞ prezidentlik saylovlarida Jo Baydenning ğalabasi rasman tasdiqlanişi kutilgan yiğiliş vaqtida Kongress oldida tartibsizlik keltirib çiqarib, oxir-oqibat Kapitoliy binosiga bostirib kirişdi.
Politsiya qarşiligiga qaramay, Trampning yuzlab tarafdorlari qarşilikni davom ettirişdi va ularning bir guruhi Kongress binosigaça bostirib kirdi. Tartibsizliklar bino içida ham davom etib, namoyişçilar politsiya bilan muştlaşib ketdi. Kongress Arizonadagi ovoz beriş natijalarini rasman tasdiqlaganidan bir neça daqiqa ötib namoyişçilar Kapitoliyga kirgan. Oldinroq bir qator respublikaçi senatorlar Arizonadagi ovozlarni tasdiqlaşga qarşi çiqqandi.

Donald Tramp namoyişçilar Kongress binosiga bostirib kirgaç, ularga murojaat qilib, tartib saqlaşga çaqirdi: «Iltimos, Kapitoliy politsiyasiga qarşilik qilmang, ular çindan Vatanimiz tomonda. Tinçlaning», deb yozdi Tramp öz sahifasida.
Biroq prezidentning murojaati odamlarni tinçitmadi, ular Senat yiğiliş zaliga kirib, kengaşning kreslosigaça ötirib olişdi. Tartibsizlik oqibatida AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bir kişi yaralangani ma'lum. Senat va vakillik palatasi tartibsizlik sabab yiğilişni töxtatişga majbur böldi va Baydenning saylovdagi ğalabasini tasdiqlaş keçikadigan böldi.
Vakillar palatasi spikeri, Trampning doimiy tanqidçisi bölgan Nensi Pelosi milliy gvardiyadan Kongressni namoyişçilardan «tozalaş»ni talab qildi. Pentagon esa Washington Post'ga köra, Kapitoliyga milliy gvardiya zobitlarini yuborişga rozi bölmadi.

Kongress içkarisida vaziyat jiddiyligiça qolmoqda. Trampning tarafdorlari Kapitoliy içkarisida tartibsizliklarni töxtatmayapti. Kapitoliy qöriqçilari namoyişçilarni ogohlantirişga çaqirib, qurollarni öqtalgani tasvirlangan suratlar tarqaldi. Namoyişçilar AQŞ uçun tarixiy ahamiyatga ega Kapitoliy binosi içkarisida eşik va derazalar, mebellarni sindirgan.
Namoyişçi qizlardan biri politsiya yoki Kapitoliy qöriqçilari tomonidan otildi. Bu holat köringan video internetda tarqaldi.










