NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg, Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va boşqa siyosatçilar Vaşingtonda Donald Tramp tarafdorlari kongress binosiga bostirib kirişgani böyiça bayonotlari bilan çiqişdi.

 «Vaşingtonda şokka soladigan voqealar. Demokratik saylovlar natijalarini hurmat qiliş zarur», — deyiladi Stoltenbergning bayonotida.

«AQŞ kongressi —demokratiya ibodatxonasi. Vaşingtondagi voqealar odamni şokka tuşiradi. AQŞ hokimiyat Jo Baydenga tinç yöl bilan ötişini ta'minlaşiga işonamiz», — deb yozdi Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel öz tvitterida.

 «AQŞ institutlari va demokratiyasi kuçiga işonaman. Jozef Bayden saylovda ğalaba qozondi», — deyiladi Ursula fon der Lyayyenning tvitterdagi izohida.

6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari AQŞ kongressiga bostirib kirişdi. Keyinroq kuç işlatiş tuzilmalari namoyişçilarni kongress binosidan siqib çiqarişdi.

Tartibsizliklar vaqtida tört kişi halok böldi.