AQŞning birinçi xonimi Melani Tramp ma'muriyati rahbari Stefani Grişem Vaşingtondagi tartibsizliklar ortidan iste'fo berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Agentlikning ma'lumot berişiça, Grişem zudlik bilan lavozimini tark etmoqçi ekanligini aytgan.  

Şuningdek, Oq uyning ijtimoiy kotibi Riki Niketa va Oq uy matbuot kotibi örinbosari Sara Metyuz ham iste'foga çiqqan.

CNN telekompaniyasining xabar berişiça, bundan taşqari, tartibsizliklar ortidan Donald Trampning xavfsizlik böyiça yordamçisi örinbosari Mettyu Pottinger iste'fo berdi.

Telekanalning bildirişiça, prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Robert ÖBrayyen, siyosiy muvofiqlaştiriş böyiça prezident yordamçisi Kristofer Liddel ham iste'fo berişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari AQŞ kongressiga bostirib kirişdi. Keyinroq kuç işlatiş tuzilmalari namoyişçilarni konress binosidan siqib çiqarişdi.

Tartibsizliklar vaqtida tört kişi halok böldi.