Kun.uz muxbiri mamlakatda sovuq ob-havo qaçongaça hukm surişiga oid savollar bilan Özgidromet matbuot xizmati mutaxassisi Malohat Röziyevaga murojaat qildi.

– Hozirgi kunda kuzatilayotgan sovuq havoni anomal desak böladimi yoki normal hisoblanadimi?

– Mamlakatimiz hududida oxirgi 10 kundagi sovuq ob-havoni Sibir hududlaridagi sovuq antitsiklon periferiyasi belgilab turibdi. Bunda juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq havoni olib keldi.

Bu vaqtda keçalari 5-10°, şimol va çöl zonalarida 12-17° gaça sovuq harorat qayd etilyapti. Kunduzlari 0-5° kuzatilyapti.

Bu – örtaça köp yillik qiymatlardan 10–12 daraja past degani. Örtaça körsatkiçlardan past havo harorati uzluksiz ravişda 10 kun davom etayotgani uçun bu anomal hisoblanadi.

– Prognozlarga köra, bunday sovuq havo yana neça kun saqlanib turadi?

– Özgidromet prognozlariga köra, 9–12 yanvar kunlari respublikamizda havo-harorati asta-sekin kötariladi. Bunda keçasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça, kunduzlari esa 5–10 daraja iliqqaça kötarilib boradi.

– Aynan mana şunday sovuq havo qaysi yillarda kuzatilgan?

– Belgilangan davrda bunday sovuq, ya'ni 10–12 daraja past havoning kuzatilişi tabiiy, oldingi yillarda ham kuzatilgan. Faqat bu qadar davomiy bölmagani uçun sezilarli keçmagan.

Masalan, 2014 yil yanvar oyining 11 kunida 6–8 daraja sovuq kuzatilgan. 2008 yilda esa umumiy yanvar oyida esa harorat örtaça me'yordan 7 daraja past bölgan. 2012 yilda qisqa muddatli sovuqlar kuzatilgan.

Bizda hozirgi kunda kuzatilayotgan darajadagi sovuqlar oxirgi 10 yilda qayd etilmagan. Ya'ni hozirgiday davomli, qor parçalari kristallaşgan, bulduruqli havo kuzatilmagan. Şuning uçun ham anomal sovuq dedik.

Abror Zohidov suhbatlaşdi.