Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga köra, imtihonlarning murakkablik darajasi esa çet el fuqarosining mamlakatda böliş maqsadiga boğliq böladi. Uşbu tartib Duma tomonidan qabul qilingan hukumat qonunida belgilangan.
Hozirgi vaqtda Rossiyaning hududiy boşqaruvi uşbu imtihonni ötkazuvçi ta'lim muassasalari röyxatini hamda imtihonni ötkaziş tartibi va şaklini belgilaş huquqiga ega. Yangi qonunga muvofiq, imtihonlar rasmiy röyxatga kiritilgan ta'lim muassasalari tomonidan ötkazilib, tegişli sertifikat beriladi.
Şu bilan birga, sertifikatning amal qiliş muddati uni oliş maqsadiga boğliq böladi. Masalan, vaqtinçalik yaşaş yoki işlaş uçun ruxsatnoma oliş istagidagi çet el fuqarolariga sertifikat uç yil muddatga beriladi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan 180 kun ötgaç kuçga kiradi.












