«Mendan söraydiganlar diqqatiga: 20 yanvar kuni inauguratsiya marosimida qatnaşmayman», deb yozdi Tramp yaqinda blokdan oçilgan sahifasida.

AQŞning siyosiy odatlariga köra, mamlakat prezidenti özidan keyin hukumat rahbarligiga keluvçi bölajak prezidentga hurmat körsatib, inauguratsiya kuni u bilan birga limuzinda Kapitoliy saroyiga borişi kerak. Bu hukumatni tinç yöl bilan topşirişning ramziy körinişi hisoblanadi.

Tramp özidan keyingi prezidentning inauguratsiya marosimida qatnaşmaydigan birinçi prezident bölmaydi. Ungaça 1869 yil Endryu Jonson, 1829 yil Kuinsi Adams va 1801 yil Jon Adams ham özidan keyingi prezident inauguratsiyasida qatnaşmagan. Tramp bu işni XIX asrdan buyon ilk marta amalga oşiradigan AQŞ prezidenti sifatida tarixda qoladi.

AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens inauguratsiya marosimida qatnaşiş-qatnaşmasligi haqida gapirmagan, lekin qator naşrlar uning Bayden «taxtni egallaydigan» marosimda qatnaşişiga işonç bildirmoqda. New York Times esa Pens marosimda qatnaşiş uçun rasmiy taklif olmagani haqida yozdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 20 yanvar kun yarmigaça rasman çeklangan vakolatlar bilan AQŞ prezidenti hisoblanadi. Mahalliy vaqt bilan kun yarmida saylangan prezidentning inauguratsiya marosimi boşlanadi. Bayden qasamyod qabul qilişi bilan AQŞning 46-prezidentiga aylanadi va marosim tugagaç, öz vazifasiga kirişadi.

Quyidagi suratlarda AQŞning oldingi prezidentlari Barak Obama, kiçik Jorj Buş, Bil Klinton va katta Jorj Buş özidan keyingi prezidentlarning inaurugatsiya marosimlarida qatnaşgani tasvirlangan.