Kreml saytida aytilişiça, uç davlat yetakçilari 9 noyabr kuni imzolangan tinçlik bitimdan söng Qoraboğda amalga oşirilgan işlarni muhokama qilişadi. Şuningdek, uşbu hudud aholisiga zarur şaroitlarni yaratiş, transport va savdo aloqalari borasida fikr almaşadi.
Uçraşuv Rossiya prezidenti taşabbusi bilan ötkazilmoqda. Armaniston tomonining ma'lum qilişiça, uçraşuvlar vaqtida bedarak yöqolgan harbiylar masalasi birlamçi hisoblanadi.
«Armaniston tomoni uçun asirlarni qaytariş, qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini ötkaziş, halok bölganlarning tanasini topiş va bedarak yöqolganlarning taqdiri borasida ma'lumot töplaş birlamçi masala hisoblanadi», deb yozgan Nikol Paşinyanning matbuot kotibi Mane Gevorgyan.
Ayni damda Moskvada muzokaralar boşlangan. Bu uçraşuvni muzokara deyiş ham aslida töğri emas, çunki unda ikki mamlakat delegatsiyalari töliq tarkibda uçraşmaydi, şunçaki davlat yetakçilari vaziyatni muhokama qilişadi. Bu Aliyev va Paşinyanning sentyabrda boşlangan uruşdan keyingi ilk uçraşuvi böladi.
Ozarboyjon uçun nima muhim?
Ayni damda Qoraboğ masalasida Ozarboyjon uçun eng muhim jihat barça muammoli jihatlarni hal qiliş. Iqtisodiy jihatdan öziga töq bölgan uşbu davlat Qoraboğni rivojlantiriş uçun juda katta pul sarflamoqçi va buning uçun egallagan hududlar qayta hujumga uçramasligi muhim hisoblanadi. Şuningdek, Ozarboyjon tomonidan egallangan hududlarning bir qismida hamon armanistonliklar yaşamoqda. Ozarlar ularga zörlik qilayotgani yöq, ularga Ozarboyjon fuqaroligini olgan holda uşbu hududda yaşaşda davom etiş taklif qilinmoqda.
Aliyev Qoraboğdagi armanlar «kerak bölsa Yerevandagi armanlardan yaxşi yaşaşi»ni aytdi va buning uçun katta pul sarflaşga tayyor. Ozarboyjon Qoraboğdagi öz tasarrufiga ötgan hududlarni qayta tiklaşga 1,3 milliard dollar sarflaşini ma'lum qildi. Bu pulga uzoq vaqt zamondan ortda qolib yaşagan hududlarda uylar, yöllar va ijtimoiy obektlar quriladi. Qoraboğni qöllab-quvvatlaş uçun Ozarboyjonda butun boşli fond ham tuzildi. Fond homiylik mablağlari hisobiga şakllantiriladi. Unga istagan odam pul taşlaşi mumkin va yiğilgan pullar Qoraboğ uçun işlatiladi.
Aliyev uruşdan söng egallangan Fuzuliydan Şuşagaça temir yöl qurilişini aytdi. Şuningdek, Goradizdan Fuzuliygaça temir yöl quriladi. Bu ikki hududni birlaştiruvçi avtomobil yölini quriş esa boşlab yuborilgan. Aliyev Fuzuliyda xalqaro aeroport qurilişini ham ma'lum qildi. Prezidentning aytişiça, bu iş Şuşaga borayotgan xorijlik sayyohlarga qulaylik yaratiş maqsadida qilingan. Mana şu katta loyihalarni amalga oşiriş uçun esa Ozarboyjonga uruş tiklanmasligi borasida işonç, imkon bölsa hujjat kerak.








