Jizzax şahrida qurilişi tugamay turib, 10 yanvar kuni qulab tuşgan 6 qavatli uyni «Çorvador-Qoraköl-Baraka» MÇJ qurayotgan bölgan. Bu haqda Özbekiston hukumati tarqatgan bayonotda ma'lum qilindi.
Xabar qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi bilan boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzilgan.
Komissiya tarkibiga prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Quriliş vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi, boşqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar va loyiha taşkilotlari kiritilgan.
Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tuşiş sabablari, bunga omil bölgan holatlar, loyiha hamda pudratçi taşkilot tomonidan uyning barpo etilişi davrida şaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, şuningdek, bunday holatlarning oldini oliş böyiça amaldagi normativ-me'yoriy huquqiy hujjatlarni örganib çiqib, taklif kiritiş vazifasi yuklatilgan.
Hukumat komissiyasi 10 yanvardan öz işini boşlagan.
- 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax şahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik köçasida yangidan qurilayotgan köp qavatli uylardan biri kutilmaganda, heç bir tabiiy ofat ta'sirisiz qulab tuşdi.
- Rasmiy ma'lumotga köra, jabrlanganlar va halok bölganlar yöq.
- Foydalanişga topşirilmagan bino 6 qavatli bölib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turar joy, dastlabki 2 qavati noturar joy sifatida qurilayotgan bölgan.
Foto: Jizzaxda qurilayotgan köp qavat uy qulaşidan keyingi holat













