AQŞ kongressi vakillar palatasi prezident Donald Trampning impiçmenti töğrisidagi rezolyutsiya loyihasini e'lon qildi.
Unda aytilişiça, «prezident Tramp Qöşma Ştatlar va hukumat institutlari xavfsizligini jiddiy xavf ostiga qöydi».
Loyiha mualliflarining fikriça, Tramp öz xatti-harakatlari bilan «milliy xavfsizlik, demokratiya va konstitutsiyaga nisbatan xatar» bölib qolişini körsatdi.
Vaşingtonda 6 yanvarda yuz bergan tartibsizliklardan keyin bir qator demokratlar Trampning hokimiyatdan çetlatilişini talab qilişgandi. AQŞ rahbarining ba'zi partiyadoşlari ham xuddi şunday çaqiriqlar bilan çiqişdi.
2019 yil dekabrda ham kongress a'zolari Trampni vakolatlarini suiiste'mol qilişda ayblab, uning impiçmentini talab qilişgandi. Öşanda respublikaçilar bu taşabbusni qöllab-quvvatlamagani tufayli impiçment amalga oşmagandi.










