AQŞ Davlat departamentining Ayollar global muammolari böyiça ofisi rahbari, maxsus topşiriqlar böyiça elçi Kelli Kyurri Toşkentga keldi.

Davlat kotibi yordamçisi 9 yanvar kuni Oliy Majlis Senatida bölib, palata raisi Tanzila Norboyeva va uning birinçi örinbosari Sodiq Safoyev bilan uçraşdi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

10 yanvarda esa Özbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlaş masalalari böyiça komissiyasi a'zosi, Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva bilan uçraşuv bölib ötdi.

Muloqotlarda ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirişning qator masalalari körib çiqildi.

Senat axborot xizmatidan ma'lum qilişlariça, «C5+1» platformasi doirasida ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş loyihasi boşlandi. Bu loyiha birinçi navbatda Özbekiston va Qozoğiston tomonidan birgalikda amalga oşiriladi.

Şu bilan birga, AQŞ Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) Özbekiston va Qozoğistonning qonunçilik bazasini takomillaştiriş loyihasini işga tuşiradi.

DFC vakili Ç.Uollesning ta'kidlaşiça, taşkilotning hozirgi moliyalaştiriş yondaşuvi «aqlli iqtisodiyot» tamoyillariga asoslanadi; bu – xotin-qizlarga tegişli, ular tomonidan boşqariladigan va qöllab-quvvatlanadigan tadbirkorlik bilan boğliq operatsiyalarda xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini tadbirkorlar sifatida kengaytirişni nazarda tutadi.

Uolles Özbekistondagi xotin-qizlarga möljallangan reabilitatsiya markazlari (şelterlar) va AQŞdagi şelterlar örtasida hamkorlikni yölga qöyişga tayyorligini ham bildirdi.