«Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning TikTok platformasida fuqarolarimizni, ayniqsa yoşlarimizni özlariga e'tibor jalb qiliş maqsadida turli masxaraomuz, odob-ahloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarini köplab kuzatyapmiz. Şu örinda eslatib ötmoqçimanki, fuqarolarning osoyiştaligini hamda jamiyatda yuriş turiş qoidalarini buziş mayda bezorilik hisoblanadi va 15 sutkagaça qamoq bilan jazolanadi.

Aslida ota-onalar farzandlarini nazorat qilişga mas'ul hisoblanadi. Bu Özbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qöyilgan. Biroq ayrim ota-onalar farzandlarini yoşligidan taltaytirib yuborgani, ularning tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga köz yumib kelganining zararini keç tuşunadi.

Ota-onalar beöxşov qiliqlari bilan tengdoşlari e'tiborini qozonişga urinayotgan farzandlarini tartibga çaqirmagan taqdirda ham, biz bunday axloqsizlika yöl qöyib bermaymiz», – dedi IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Guliston şahri markazidagi çorrahalarning birida 2 nafar yigit maşinalar harakatiga xalaqit berib, raqsga tuşgani aks etgan video tarqalgan, söng bu şaxslar huquq-tartibot idoralari tomonida aniqlanib, 4 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.

Şuningdek, Olmaliq hokimining öğli Toşkentda 150 km/soat tezlikda avtomobil haydab, mazkur jarayon aks etgan videoni TikTok'ga joylagan, mazkur holat OAV va blogerlar tanqidiga uçragaç, Toşkent şahar IIBB tomonidan yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçi jarimaga tortilgandi. Köp ötmay hokim Usmon Rahimov şu vaj bilan işdan olindi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilning oktyabrida TikTok dunyo böyiça smartfonlarga eng köp köçirib olingan ilova bölgani aytilgandi.

App Annie kompaniyasi tahlilçilari TikTok'ni 2020 yilning eng ommaviy mobil dasturi deb topgan.