Olmaliq shahri hokimi ishdan olindi
Toshkent viloyatining Olmaliq shahri hokimi Usmon Rahimov o‘g‘li bilan bog‘liq mojaroli xabarlar ortidan ishdan ketdi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, kun tartibidagi masala bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ma'ruza qilgan. Viloyat hokimi o‘z so‘zida Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarga to‘xtalgan, shuningdek, rahbar odam o‘z shaxsiy hayotiga ham e'tiborli bo‘lishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishi lozimligi xususida so‘z yuritgan.

«Bugungi kunda muhtaram Yurtboshimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda ochiqlik siyosati joriy etilgan. Hammamiz jamoatchilikning qat'iy nazoratidamiz. Shuningdek, ishlayman degan odamga barcha sharoit yaratib berilgan. Mashina, yaxshigina oylik maosh beriladi.
Xabaringiz bor, yaqinda Olmaliq shahri hokimi bilan bog‘liq holat internetda tarqaldi. Zamon tezkor. Har qanday voqelik tez tarqalyapti. Agar u yomon, noxush bo‘lsa, eshitib ich-ichingdan ezilasan kishi...
Yaxshi bilasizlarki, yurtimizda kambag‘allikka qarshi kurash boshlandi. Yurtboshimiz BMT bosh minbaridan turib, kambag‘allikka qarshi kurash tashabbusini ilgari surdilar. Shunday paytda bu voqea bo‘lib tursa, rahbarning oilasida shunday muhit bo‘lsa, mutlaqo tushunarsiz holatdir.
Shahar hokimi qanday inson bo‘lishi kerak? Rahbarga ko‘p narsa bog‘liqligini hayot haqiqati tasdiqlaydi. Hokim shu hududning otasi.
Men Usmon Rahimovning hokimlik faoliyati mutlaqo qoniqarsiz, u ishlamadi, demoqchi emasman. Bu o‘rinda gap rahbarning har jihatdan el-yurtga o‘rnak bo‘la olishi haqida ketyapti. Binobarin, muhtaram yurtboshimiz, donishmand xalqimiz rahbarning, uning oilasining kamtarlik fazilatiga qarab baho beradi», degan viloyat hokimi.

Rustam Xolmatov Olmaliq shahar hokimi lavozimiga Qobil Hamdamov nomzodini tavsiya etdi. Yig‘ilish ishtirokchilari ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatlashgan.

Qobil Hamdamov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
Usmon Rahimov 2019 yil avgust oyidan buyon Olmaliq shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yaqinda shahar hokimining o‘g‘li mashinani katta tezlikda haydab, videosini TikTok servisiga yuklagani, shuningdek bir guruh o‘rtoqlari bilan katta yoshli inson va uning o‘g‘lini do‘pposlab, bezorilik qilganiga oid voqealar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi

17:28 / 18.02.2025
Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi

17:27 / 12.02.2025
Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan er ushlandi

18:13 / 10.02.2025