Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guliston shahri markazidagi chorrahada raqsga tushgan “TikTokchilar” 4 sutkaga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahri markazidagi chorrahalarning birida 2 nafar yigit mashinalar harakatiga xalaqit berib, raqsga tushgani aks etgan video tarqalgandi. Ushbu shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan.

Foto: IIB axborot xizmati
Sirdaryo viloyati IIBning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha Xovos tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi D.E. va Sirdaryo tumani, Zarshunoslik mahallasida yashovchi A.I.lar keyinchalik TikTok sahifasiga joylash maqsadida Guliston markazidagi chorrahalardan birida mashinalar harakatiga xalaqit berib, raqsga tushishgan va ularning bu harakatlarini Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasida yashovchi Sh.A. tasvirga olib turgan.
Sodir etilgan huquqbuzarlik harakatlari bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB HPB xodimlari tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi hamda 183-moddasi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Guliston shahar ma'muriy sudiga yuborilgan.

Sud qarorga asosan “raqqos”larga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida jarima hamda 4 (to‘rt) sutkadan ma'muriy qamoq, Sh.A.ga esa eng kam ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida jarima hamda 3 (uch) sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy delegatsiyasi 7 yilda birinchi marta Yevroparlamentga tashrif buyuradi
Jahon | 08:35
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar aylanmasini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Iqtisodiyot | 08:27
-
Bloomberg: YeI Rossiyaning Ukrainaga yangi hujumidan xavotirda
Jahon | 08:12
-
Rossiyadagi oromgohlarga o‘zbekistonlik bolalar jalb qilinadi
O‘zbekiston | 07:48
Mavzuga oid

12:44 / 21.08.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker Valeriy Yugayga sud hukmi o‘qildi

20:58 / 09.07.2025
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

22:01 / 29.06.2025
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi

22:37 / 19.06.2025