O‘zbekiston | 17:12 / 13.01.2021
9622
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘sh turgan davlat mulkini olish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Obekt va bino inshootlari «nol» yoki «1 so‘m» qiymatda, investitsiya majburiyatlari asosida, 3ta omil bo‘yicha tadbirkorlarga beriladi. Tadbirkordan investitsiya loyihasining maqsadi, yo‘nalishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi to‘g‘risida ma'lumot so‘raladi.

Davlat mulki bo‘lgan foydalanishdan bo‘sh turgan obektlar va bino inshootlariga egalik qilish shartlari haqida Savdo-sanoat palatasi mutaxassisi ma'lumot berdi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, obekt va bino inshootlari «nol» yoki «1 so‘m» qiymatda investitsiya majburiyatlari asosida tadbirkorlik sub'yektlariga yoki tadbirkorlik xohishi bo‘lgan jismoniy shaxslarga 3ta omil asosida beriladi.

Unga ko‘ra, tadbirkor investitsiya loyihasining maqsadi, tadbirkorlik sohasining qaysi yo‘nalishida amalga oshirilishi, bo‘sh ish o‘rinlari yaratilishi, ya'ni bo‘sh turgan obektga investitsiya kiritishning ijtimoiy majburiyatlarini batafsil ko‘rsatishi kerak. Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar komissiya tomonidan o‘rganib chiqilib, elektron auksion orqali tadbirkorlik sub'yektlariga berish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Auksion tartibi bo‘yicha 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan «Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmonida batafsil ma'lumot berilgan.

Mavzuga oid