OPPO A seriyalari zavqlanish va o‘yinlar ichiga sho‘ng‘ishni yaxshi ko‘radigan insonlar uchun yaratilgan. OPPO’ning A seriyali qurilmalari o‘zining qo‘lga ajoyib tarzda mos tushadigan jozibador dizayni, yuqori samaradorligi va uzoq muddatli avtonom ish rejimi bilan ajralib turadi.
Akkumulyatorni 45 daqiqa ichida 50 foizgacha quvvatlash imkonini beruvchi OPPO Fast Charge texnologiyasi orqali zaryadlash mumkin.
OPPO A seriya smartfonlarining foydalanuvchilari bir zumda mo‘jiza sho‘ng‘iydilar! Bu seriyadagi smartfonlarda uchta kuchli kameralar mavjud bo‘lib, ular sun'iy intellekt (AI) dasturlari bilan birgalikda har doim mukammal tasvirlarni taqdim etadi.

Foydalanuvchilar o‘zlarining yuqori sifatli filmlarini, aniqroq va yorqinroq ranglarga ega tasvirlar bilan harakatlanuvchi videolavhalar orqali, yaratishlari mumkin. Siz musiqa va maxsus effektlarga ega OPPO Soloop funksiyasi yordamida esa qisqa videokliplar tayyorlashingiz mumkin.
OPPO A seriya smartfonlari muloqotni, ijodni va zavqlanishni yoqtiradigan odamlar uchun tayyorlangan. OPPO A seriyasi foydalanuvchilar o‘zlari yoqtirgan narsalari bilan doimo aloqada bo‘lishlari hamda hech qanday to‘siqlarsiz o‘zlari istagan ishni bajarishlari uchun uslub va tarkibning ideal birlashmasini taklif etadi.
OPPO A12. Quvvatlan. Zavqlan.
OPPO A12 ergonomik dizayn, elegant va egri chiziqlarga ega korpusdan iborat. Ekranning kattaligi esa smartfondan bir qo‘l yordamida foydalanish imkoniyatini beradi. 15.79 sm. maydonli katta ekran ko‘ngilochar shou tomosha qilayotganda yoki o‘yin vaqtida vizual effektlarning bor go‘zalligini his etishga yordam beradi.
Orqa qopqoq dizayni quyoshda mukammal tovlanib turgan olmosdek ko‘rinadi. Qopqoqning bo‘rttirma yuzasi tufayli hech qanday kichik tirnalishlar va qo‘l izlari qolmaydi. Shuningdek, telefon qo‘lda qulay turadi va chiqib ketmaydi.

Asosiy 13 Mp obektiv tiniq suratlarni ta'minlagan holda har bir kichik detallarni ham muxrlashga qodir. AI byutifikatsiya funksiyasi esa yuz terisining turi va rangini, yosh va jinsni aniqlagab individual yechimni taklif etgan holda tabiiy ko‘rinishngizga yordam beradi.















