Özbekiston boş vaziri örinbosari — Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov töğridan töğri investitsiyalar böyiça keltiriladigan raqamlar mazkur ikki taşkilot tomonidan nega ikki xil körinişda taqdim etilişiga izoh berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
«Töğridan töğri investitsiyalar böyiça raqamlarni bizning vazirlik bilan Markaziy bankda turli körinişda bölişining asosiy sababi, bu hisob-kitob usullari turliça», – dedi vazirlik rahbari 12 yanvar kuni OAV vakillari uçun taşkil etilgan matbuot anjumanida.
Ma'lum qilinişiça, vazirlik hisob-kitoblari BMT metodologiyasiga, Markaziy bankniki esa Jahon banki, Xalqaro valuta jamğarmasi metodikasiga asoslangan.
«Markaziy bank bilan bizning vazirlik statistikasida katta farq bor. Çunki Markaziy bank Xalqaro valuta jamğarmasining alohida metodikasidan foydalanadi. Ularniki tölov balansi böyiça statistikani hisob-kitob qilganda kelib çiqadigan raqamlardir. Ya'ni Markaziy bank bevosita pul şaklida keladigan investitsiyalarni hisobga oladi. Şunda ham, agar e'tibor berilsa, ular har çorakda e'lon qilinadigan raqamlar saldosinigina körsatadi. Ya'ni kirgandan çiqqandan ayirib, sof raqamni körsatadi.
Töğridan töğri investitsiyalar nafaqat pul körinişida, balki Özbekistonga asosan texnologiya şaklida, ya'ni uskuna, mexanizmlar, litsenziyalar va şunga öxşaş aktivlar körinişida kirib keladi. Juda köp investorlarimiz özi kelayotgan davlatdan texnologiya sotib oladi. Masalan, xitoylik bölsa, Xitoy texnikasini olib keladi. Yevropalik bölsa, Germaniya, Italiyaniki va boşqalar. Bizning hisob-kitoblarimiz BMT metodologiyasiga asoslangan. Davlat statistika qömitasi bilan ham bizning raqamimiz prognozida farq bölişi mumkin. Lekin yakuniy hisob-kitob qilinganda farq bölişi mumkin emas. Şuning uçun mana kutamiz, 15-20 yanvarda ötgan yilning yakuniy körsatkiçi e'lon qilinadi.
Tan oliş kerak, statistikada bizda muammolar bor. Bu statistika organlarining muammosi emas, balki tizimli muammo, desam töğri böladi. Masalan, 2019 yilda hali özlaştirilmagan investitsiyalar ham statistikada özlaştirilgan deb körsatiş hollari bölgan. Biz ularni imkon qadar töğrilaşga harakat qilyapmiz. Lekin ikkinçi masala ham bor. Bu ayniqsa, Toşkent şahrida köp kuzatilyapti.
Juda köp tadbirkorlarimiz, investorlarimiz investitsiya qilingan narsani ayniqsa u uskuna yoki boşqa körinişda bölsa, ya'ni pul şaklida bölmagan holatda olib kirganida balansga olişni va statistikada aks ettirilişini imkon qadar çözişga harakat qiladi», – dedi boş vazir örinbosari.
Ma'lum qilinişiça, mazkur holat soliq bilan boğliq masalalarga töğridan töğri ta'sir qiladi. Bu omil ham raqamlar töğri aks etmasligiga sabab bölmoqda.












