Kun.uz muxbirining xabar berişiça, quriliş vaziri örinbosari Kozim Tölaganov quriliş işlari davomida nazorat olib borilganda temir-beton, ğişt va sement mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati va quriliş poydevori mos kelişi böyiça sinov laboratoriyasi xulosasi taqdim qilinmagani, obektda işlar texnik nazoratçi va iş boşqaruvçisiz olib borilgani uçun bu ahvol sodir bölganini aytdi.
Vazir örinbosarining bildirişiça, bino uçun 2020 yil 17 noyabr kuni Jizzax viloyati şaharsozlik filiali tomonidan ijobiy ekspertiza olingan.
“Şunga qaramay, buyurtmaçi pudratçi tomonidan 1-2 qavatlar xöjalik va savdo maişiy xizmat körsatiş uçun, 3-6 qavatlari esa turar joy binolariga moslab “Discovery architecs group” tomonidan qayta işlab çiqilgan.

Bu narsa hududiy arxitektura va şaharsozlik kengaşi bilan kelişilmagan. Obektda quriliş işlari 2020 yilning mart oyida boşlangan. Quriliş işlari davomida nazorat olib borilganda, temir-beton, ğişt va sement mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati hamda quriliş poydevorining mos kelişi böyiça sinov laboratoriyasi xulosasi taqdim qilinmagan.
Şuningdek, quriliş obektiga buyruq bilan texnik nazoratçi va iş boşqaruvçi prorab biriktirilmaganligi tufayli inspeksiya tomonidan muddatli yozma körsatma berilgan.
Şunça kamçiliklarga qaramay, texnik nazoratçi va iş boşqaruvçisiz iş qilingani uçun bu ahvol sodir böldi,” – deydi Kozim Tölaganov.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax şahridagi “Zilol” mahallasi Mustaqillik köçasida yangidan qurilayotgan köp qavatli uylardan biri kutilmaganda, heç bir tabiiy ofat ta'sirisiz qulab tuşdi.
Rasmiy ma'lumotga köra, jabrlanganlar va halok bölganlar yöq. Foydalanişga topşirilmagan bino 6 qavatli bölib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turar joy, dastlabki 2 qavati noturar joy sifatida qurilayotgan bölgan.
Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi bilan boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi












