JSST ekspertlaridan iborat guruh koronavirusning kelib çiqişini örganiş maqsadida Uhanga yetib keldi.
Avvalroq guruh 12 mamlakat mutaxassislaridan taşkil topişi aytilgandi. Missiya öz işini ikki haftalik karantinni ötaganidan keyingina boşlaşi mumkin.
Ekspertlar mahalliy olimlar, şifokorlar bilan suhbatlaşadi, şahardagi yovvoyi hayvonlar va dengiz mahsulotlari sotiladigan bozordagi vaziyatni örganişadi.
JSST va Pekin örtasida Xitoyda koronavirus kelib çiqişini örganiş böyiça muzokaralar bir neça oy avval boşlangandi. 5 yanvar kuni JSST boş direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus rasmiy Pekin taşkilot xodimlarining mamlakatga kirişiga ruxsat bermaganini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, Xitoy sönggi daqiqalarda rad javobini bergan.
Xitoy buni JSST ekspertlarida ayrim hujjatlarning yöqligi va delegatsiyani qabul qilişga tayyorgarlik körişga oid qiyinçiliklar bilan izohladi.
Xitoyga JSST ekspertlarining birinçi guruhi 2020 yilda kelgandi. Ular virus insonga körşapalaklardan yuqişi mumkin degan xulosaga kelgan, ammo infeksiya manbasi töğrisidagi savol oçiq qolgandi.
Yana bir guruh iyulda borişi közda tutilgandi, ammo mamlakatga faqat ikki nafar mutaxassis kiritildi. Ular Uhanga borişmadi va navbatdagi missiyalar taşrifiga tayyorgarlik miqyosini örganiş bilan çeklandi.













