Ma'lum qilinişiça, 10 yanvar kuni Jizzax şahrining «Zilol» mahallasi Mustaqillik qöçasida qulab tuşgan köp qavatli binoning birinçi qavatida savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi, ikkinçi va uçinçi qavatlarida turar joy binosi quriş böyiça buyurtmaçi «Barakali Qoraköl Çorvador» fermer xöjaligi tomonidan Jizzax viloyat Quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga murojaat qilgan. Mazkur murojaat Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda röyxatga olingan va quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun 16-sonli ruxsatnoma berilgan.

Dastlab, «Jizzax Bunyodkor Loyiha» MÇJ tomonidan binoning 3 qavatli loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilgan. Uşbu loyiha-smeta hujjatlari «Şaharsozlik hujjatlari» DUK Jizzax viloyat filiali tomonidan 2020 yil 27 yanvar kuni ijobiy yiğma ekspert xulosasini olgan.

Şunga qaramasdan, buyurtmaçi-pudratçi tomonidan xöjalik usuli bilan birinçi va ikkinçi qavatlarida savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari hamda uçinçi–oltinçi qavatlarida turar joy binolari qurilişi böyiça loyiha hujjatlari «Discovery Architecs Group» MÇJ tomonidan qayta işlab çiqilgan. Ammo bu kiritilgan özgartiriş Jizzax viloyat Quriliş boş boşqarmasi huzuridagi Hududiy arxitektura-şaharsozlik kengaşi bilan kelişilmagan.

Obektda quriliş-montaj işlari 2020 yilning mart oyida boşlangan. Jizzax viloyat QŞNI tomonidan obektda bajarilayotgan quriliş-montaj işlarining loyihaga mosligi, bajarilgan işlarning sifati ustidan hududiy nazorat inspeksiya inspektorlari tomonidan 6 marta nazorat tadbirlari ötkazilib, nazorat işlari böyiça aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etilişi yuzasidan 2020 yil 21 avgustda buyurtmaçi va pudratçi taşkilot «Barakali Qoraköl Çorvador» fermer xöjaligi iş yurituvçisiga tegişli tavsiyalar berilgan.

Bundan avvalroq Quriliş vaziri Jizzaxdagi bino qulaşi haqida gapirib, nazorat bölmagani hodisaning asosiy sabablaridan biri bölganini aytgandi.