«1500 dan ortiq bajariş majburiy bölgan körsatmalar berildi. Agar ular öz muddatida bajarilmasa, obekt (qurilişi)ni töxtatiş böyiça topşiriq yuboriladi. Şu asosda sudga şikoyat kiritiladi. 2020 yilda 1022ta tartibbuzarliklar masalasi böyiça hujjatlar sudga oşirilgan.
Investitsiya dasturlari böyiça jami 80,0 mlrd.sömlik sifatsiz bajarilgan quriliş-montaj işlari hajmi vaqtinçalik qayta bajarilgunga qadar buyurtmaçi hisobotidan çegirib qolindi. Bu işlar amalga oşirilgunga qadar ularning hisobraqamlari muzlatib qöyildi. Ular işni bajargaç, hisobraqamlari oçildi», - deya ma'lumot berdi Kozim Tölaganov.
Vazir örinbosarining aytişiça, 2020 yilda respublikaning barça tumanlariga noqonuniy qurilişlar böyiça sörovnomalar yuborilgan. Dastlab 300tadan boşlangan raqamlar nihoyaga borganda 2000tani taşkil etgan.

«Bultur barça tumanlarni tekşirtirganimizda noqonuniy qurilişlar soni 2000ga yaqin edi. Ularning barçasi tadbirkorlarning obektlari edi. Aslida, ular bizlarga (Quriliş vazirligiga-tahr.) çiqişi kerak, quriliş boşlaganini röyxatdan ötkazişni sörab.
Aksinça, har biriga biz xat çiqardik, obektni qurişni boşlabsan, röyxatdan ötkaz, mazmunida. 300ga yaqin xat prokuratura orqali çiqarildi. 300dan ziyodini hokimiyatlar orqali çiqarişga majbur böldik. Şu işlar natijasida öşa 2000tadan 1300tasi röyxatdan ötdi. 700tasining masalasini oxiriga yetkaza olmayapmiz», - dedi Quriliş vaziri örinbosari.
Umuman, vazirlik Axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Quriliş vazirligi huzuridagi quriliş sohasida nazorat inspeksiyalari tomonidan 2020 yil yakuni böyiça jami 59 861ta obektda (şundan Davlat dasturlari asosida qurilayotgan 49 747ta va 10 114ta tadbirkorlik obektlarida) quriliş-montaj işlari nazoratga olingan va 12 oy davomida 46 766tasi röyxatdan ötgan.
Hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan mazkur obektlarda jami 58 613 marotaba nazorat işlari amalga oşirilgan. Obektlar qurilişida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça bajarilişi majburiy bölgan jami 14 893ta yozma körsatmalar (şundan, 7915 ta pudratçiga, 5070 ta buyurtmaçiga va 1908 ta loyiha taşkilotlariga) berilgan.
“Ma'muriy javobgarlik töğrisida”gi Kodeksning 99-moddasi böyiça 1022 ta











