Tong yorişar ekan askarlar eng birinçi navbatda taşqarida badantarbiya maşqlarini bajarişadi. Sovuq qiş faslida ham kun hali yorişmasdan askarlar çiniqiş holatida böladi.

Badantarbiya maşqlaridan keyin askarlar nonuşta qilişga şaylanadilar. Töyimli va mazali taomlardan nonuşta qilgan askarlar kunni a'lo kayfiyatda ötkazişadi.

Jangovar şaylik, avvalo, ilm bilan. Kursantlar nafaqat jismonan balki, aqlan ham kuçli bölişi kerak. Şu sababli nazariy öquv maşqlarida sinçkovlik bilan qatnaşadilar.

Askarlar bilan kartografiya darsida qatnaşdik. Saboqlar davomida askarlarga jang maydonlarida hudud joylaşişidan kelib çiqib yöl tanlaş, harakatlaniş kabi kerakli bilim va könikmalar berib boriladi.

Dars jarayonlarida olingan nazariy bilimlarni dala öquv maşğulotlarida mustahkamlaş kerak. Bu borada kursantlarning mahoratiga poligonda guvoh böliş mumkin.

Uşbu dargohda dam oliş kunlari kursantlar örtasida sport musobaqalari hamda QVZ, «Zakovat» bilimdonlar öyinlari bölib ötadi. Bu esa askarlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişga xizmat qiladi.

Tohirjon Tursunov tayyorladi