Energetika vazirligi ortib borayotgan energiya ehtiyojini qondiriş çoralari haqida axborot berdi.
Xabar qilinişiça, 2021 yilning oktabr–noyabr oylarida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bölgan 4 ta yangi IES foydalanişga topşiriladi.
Şuningdek, 2021 yilning oktabr oyida har birining quvvati 100 MVt bölgan 2ta quyoş elektr stansiyalarini işga tuşiriş rejalaştirilmoqda. Samarqand viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) kompaniyasi öz loyihalarini amalga oşirmoqda.
«Gidroenergetika sohasida ham qator loyihalar amalga oşirilmoqda. 2021 yil iyun oyida GESning Çirçiq–Bözsuv kaskadiga kiruvçi «Kamolot» GES qurilişi yakunlanadi. Şuningdek, iyun oyida Surxondaryo viloyatidagi Töpolang daryosida Zarçob kiçik GESlari kaskadini işga tuşiriş ham rejalaştirilgan», – deyiladi vazirlik xabarida.
- Ma'lum qilinişiça, 2020 yilning dekabr oyida Özbekiston aholisiga 1,74 mlrd kVt soat, 2018 yil dekabr oyida esa 1,57 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Ya'ni 2 yil içidagi ösiş 11 foizni taşkil etgan.
- 2020 yilda Özbekiston böylab elektr energiyasi iste'moli 69,1 mlrd kVt soatni taşkil qilgan. Bu – 2019 yildagi körsatkiçga nisbatan 6,1 foizga va 2016 yildagi körsatkiçga nisbatan 20,1 foizga köp.
- 2020 yilda Özbekistondagi elektr stansiyalarida 66,4 mlrd kVt soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Bu – 2019 yildagi körsatkiçga nisbatan 5 foizga, 2016 yilga nisbatan 12,6 foizga köp.
2016 yilda qabul qilingan Investitsiya dasturiga asosan, davlat kafolati asosidagi kreditlar hisobidan 3,7 GVtdan ortiq quvvatlar işga tuşirildi.
Yangi stansiyalar qurilişi va mavjudlarining kengaytirilişi hisobiga, 900 MVt yangi quvvat Tolimarjon IESdan, 560 MVt – Taxiatoş IES, 450 MVt – Navoiy IES, 370 MVt – Toşkent IEM, 150 MVt Angren IESdagi kömir energoblokidan olindi.
Namangan viloyatida qurilgan yangi Töraqörğon IES bugungi kunda Farğona vodiysining uçta viloyati iste'mol qilayotgan elektr energiyasi hajmining yarmini işlab çiqarmoqda.
2020 yilda xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy şerikligi asosida 6ta yangi elektr stansiyalari qurilişi boşlandi. Ularning umumiy qiymati 2 mlrd dollar, umumiy quvvati esa 2700 megavattni taşkil etadi, deyiladi vazirlik axborotida.











