19 yanvar kuni Jizzax viloyati Xalq deputatlari Foriş tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötib, unda prezident maslahatçisining birinçi örinbosari Qahramon Quronboyev va viloyat hokimi Ergaş Soliyev iştirok etdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, sessiyada viloyat hokimi sözga çiqib, Foriş tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgan Abduvali Mustanov boşqa lavozimga ötgani munosabati bilan tuman hokimi lavozimiga Ikrom Sindoroviç Matiyev nomzodini tavsiya etgan. Uşbu taklif deputatlar tomonidan ma'qullangan.
Ikrom Matiyev şu vaqtgaça viloyatning Yangiobod tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ma'lumot uçun, Abduvali Mustanov muqaddam Jizzax viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliği sifatida işlagan, 2018 yildan buyon Foriş tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. U qaysi işga ötgani haqida ma'lumot yöq.

Şu tariqa, kun davomida Jizzax viloyatining uç tumanida rahbar özgardi. Bungaça Mirzaçöl tumaniga Şerzod Ahmedov, Zafarobod tumaniga Nodirbek Rajapov hokim bölgani xabar qilingandi.












