Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga taşrif buyurdi. ÖzA xabariga köra, tumandagi «Taraqqiyot manzarasi» fermer xöjaligi dala şiyponida viloyat, tuman hokimlari, içki işlar, prokuratura, soliq organlari mutasaddi rahbarlari, fermerlar iştirokida yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda paxta terimiga tayyorgarlik köriş böyiça topşiriqlar berildi. Şuningdek, unda 4ta sektor faoliyati tanqidiy-tahliliy körib çiqildi.

«Tuman aholisini nima hisobidan boqişni rejalaştiryapsizlar?», deya tuman rahbarlariga yuzlangan prezident.

«Şundan kelib çiqib bugungi kunda fermer xöjaliklari bilan işlaş tizimini özgartiriş, hisob-kitobni öz vaqtida olib boriş, hududlarning eksport salohiyatini yuksaltiriş böyiça aniq vazifalar belgilandi. Viloyatdagi har bir rahbar odamlar bilan uyma-uy yurib işni taşkil etişi lozimligi ta'kidlandi», — deyiladi «Özbekiston» telekanalining «Axborot 24» dasturida.

Ma'lum qilinişiça, yiğilişda şaxsiy javobgarlik va mas'uliyatini unutgan qator rahbarlar, xususan, Jizzax viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliği Abduvalijon Mustanov, Mirzaçöl tumani hokimi Rustam Kenjayev hamda Mirzaçöl tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.