Buxoro şahar prokurori voqeasi: ziddiyatga eltgan sabablar
|23:40 / 14.12.2020121 7948 min
Buxoro şahri prokurori Jasur Fozilov (ayni paytda u vazifasidan vaqtinça çetlatilgan) ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat rahbariga va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilib, Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev va prokuraturaning boşqa xodimlari ustidan şikoyat qilgan, ayrim ayblovlarni ilgari surgan.
«Hurmatli boş prokurorimiz va uning uçta xodimi tomonidan qilinayotgan jinoyatlar haqida aytib bermoqçiman», — degan edi Jasur Fozilov öz murojaatnomasida.
Boş prokuratura Axborot xizmatining bayonotiga köra, idora tomonidan Buxoro şahridagi tadbirkorning (ismi oçiqlanmagan) Buxoro şahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekşirilmoqda.
Buxoro şahar prokuraturasi
Arizasida u şahar prokurori J.Fozilovning tazyiqi bilan Buxoro şahrida qurgan yirik savdo majmuasidan 1 kv.metrining haqiqiy narxi 20 mln söm bölgan savdo dökonini unga 5 mln sömdan sotganligini, oradan bir yil ötib, ya'ni 2020 yil oktyabr oyida şu narxdan yana bitta dökonni sotişini talab qilganligini, rad javobini berganligi uçun J.Fozilov uni tergovga çaqirib, javobgar qiliş bilan qörqitayotganligini bildirgan.
Uşbu holat böyiça J.Fozilovga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanib, tekşiruvning xolisona va adolatli ötkazilişini ta'minlaş, iş holatlariga töliq oydinlik kiritiş, har qanday aralaşuv va ta'sirlarning oldini oliş maqsadida u 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarişdan vaqtinça ozod qilingan.
Ijtimoiy tarmoq orqali çiqiş qilgan J.Fozilov bu maşmaşalar 10 mlrd söm soliqni yaşirgan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 184-moddasi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş)ga asosan iş qözğatiş bilan boğliqligini ma'lum qilgan.
Buxoro şahri prokurori J.Fozilov. Foto: «Daryo»
J.Fozilov Soliqni tölaşdan böyin tovlab yurgan tadbirkorlar Boş prokuror N.Yöldoşev bilan taniş ekanligi, uni orqa qilib faoliyat körsatişganini iddao qilgan.
«Mustahkam qurilish development» kompaniyasi rahbari Z.J. hamda yirik tadbirkor A.K.ga nisbatan olib borayotgan xatti-harakatim öz joyida töxtatib qöyildi. Bu şunçalik tez sodir böldiki, hatto böynimga menga daxli yöq işlarni ilişga urinişmoqda»,
J.Fozilovning özi guvohlik berişiça, unga nisbatan Buxoro şahridagi bir neçta dökonlarni qölga kiritiş ayblovi ham qöyilmoqda. Jumladan, u dökonlarni öz haydovçisi va qarindoşlari nomiga rasmiylaştirganligi gumon qilinmoqda.
«Haydovçim Bahodir Hamroqulov, bilişimça, 2000–2001 yillardan buyon tadbirkorlik qilib keladi. Men esa Buxoroda öz xizmat vazifamni 2014 yilda boşlaganman. Göyoki haydovçimga tegişli tadbirkorlik sub'yekti ham meniki ekan. Undan ham işdan böşaş töğrisidagi arizasini olişibdi», — degan prokuror.
J.Fozilov bevosita öziga tegişli dökonlar ham borligini tan olişini aytib ötgan.
«Töğri, boş vazirning sobiq örinbosari Öktam Barnoyev hamda Buxoro viloyati sobiq hokimi Karim Kamolovning tavsiyasi bilan Buxoro Markaziy bozoridan bizga tadbirkorlikni yölga qöyişimiz uçun bino ajratib berildi.
Bu, albatta, qonunan mumkin emas, şu bois ham öz nomimga ötkazmadim. Buni tan olaman va tan olganman ham. Agar xatti-harakatlarimda jinoyat alomatlari topilsa, qonun oldida javob berişdan qörqmayman. Biroq, «yuqoridagi»lar va ularga aloqador şaxslarning sirlari foş etilişiga, adolat qaror topişiga işonaman», — degan Jasur Fozilov.
Buxoro markaziy bozori
«Viloyat rahbari [Öktam Barnoyev] quringlar, deb, qöllab-quvvatladi. Ammo u yerda bir özim emas, aka-ukalarim, yaqin birodarlarim pul yiğib, dökonni tikladik», — degan u.
Eslatib ötamiz: Buxoro şahridagi Markaziy bozor darvozasi oldidan boşqa tadbirkorlarga xalaqit beradigan qilib barpo etilayotgan yangi dökonlar masalasini Kun.uz örgangan va buxorolik mutasaddilardan tayinli javob ololmagan edi.
2019 yil boşi. Buxoro markaziy bozorida dökon barpo etiş işlari
Şuningdek, J.Fozilov barpo etilgan yangi savdo majmuasidan arzonroqqa dökon berişni talab qilgani iddao qilinayotgan sobiq «Dilkuşo» bozoridagi maşmaşalar haqida ham Kun.uz jurnalistik tekşiruv ötkazgan edi.
«Aslida bu işlar ortida hali qurilişi töliq tugallanmagan va foydalanişga topşirilmagan «Dilkuşo» bozoridagi qonun buzilişlarga sabab bölayotgan holatlarni foş etişga kirişganim kimlargadir yoqmagani va qarşilar borligini isbotlab qöydi», — degan J.Fozilov
2018 yil. «Dilkuşo» bozorining buzilişidan norozi fuqarolar
Alohida qayd etib ötiş kerak, J.Fozilov özining ilk murojaatnomasida buzilgan bozorda faoliyat körsatgan tadbirkorlarni laqillatib kelişayotgani, ularga va'da qilingan dökonlar allaqaçon qimmatroqqa sotib yuborilgani, ulardan asossiz qöşimça pullar undirilayotgani, hali katta janjal kelib çiqişini ta'kidlagan.
Sobiq «Dilkuşo» bozori örnida qad rostlagan Buxoro savdo majmuasi
J.Fozilov Buxoro şahridagi 52-maktabgaça ta'lim taşkiloti binosini tiklagan firmani ham unga tegişli deb tirkaşayotganidan taajjublanişini aytgan.
«Binoni tiklagan «Vobkent maxsus qurilish servis» rahbari, tadbirkor Baxtiyor Aslonovga tegişli korxona ham menga tegişli ekan. Bular juda açinarli ayblovlar emasmi?! Tadbirkor ukalarim ham özlariga şaxsan tegişli sub'yektlar uçun kun böyi tergov eşiklarida ötirişdi. Ularning ham faoliyatiga mening heç qanday aloqadorligim yöq», — degan J.Fozilov.
Öz murojaatida J.Fozilov 52-boğçaning rekonstruksiya jarayoniga homiylarni jalb etganini tan olgan. Kun.uz muxbirining suriştirişiça, nimagadir 52-MTT joylaşgan hudud prokurorga qaraşli II sektorda emas, DSIga qaraşli IV sektor hududida joylaşgan. 2019 yil davomida rekonstruksiya qilingan bu boğça şu yilning yanvarida iş boşlagan.
MTT mudirasi Ra'no Ğaniyevaning ma'lum qilişiça, 5 mlrd sömlik smeta asosida «Vobkent maxsus qurilish servis»korxonasi tomonidan qurilish-rekonstruksiya işlari sifatli bajarilgan. Yangi oşxona binosi qurilgan, qolgan joylar rekonstruksiya qilingan. Yana 1 yil davomida joriy ta'mirlanişi lozim bölgan joylarda işlar şartnomada belgilangan muddatga köra amalga oşirilmoqda ekan.
Buxoro viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasining ma'lumotiga köra, boğçani rekonstruksiya qilişda buyurtmaçi viloyat MTB emas, viloyat hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmaçi injiniring kompaniyasi bölgan.
Buxoro şahridagi 52-maktabgaça ta'lim taşkiloti
J.Fozilovning «Daryo» naşriga bildirişiça, Boş prokuratura huzuridagi inspeksiya xodimi M.T. xizmat xonasida unga qarata: «Qöllab-quvvatlovçilaringiz ketdi, endi nima qila olasiz?!», degan. Jasur Fozilov esa muxbir qarşisida viloyatning sobiq va marhum ikki rahbarini tilga olib, «agar ular hayot bölganida, boş prokuror Buxoroga yaqinlaşa olmagan bölardi», deb ta'kidlagan.
Buxoro şahar prokurori J.Fozilov öziga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazayotganlarning çaqiruvlaridan boş tortayotganini tan olar ekan, çaqiruvga adolat qaror topişi uçun advokat, jurnalist va blogerlar bilan birga borişini aytdi. U aybi bölsa, javob berişga tayyorligini, faqat adolat bölişi lozimligini qayta-qayta takrorlagan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda menga nisbatan «döppi tor kelgani uçun çiqiş qildi», degan munosabatlar ham bildirilmoqda. Yöq, men hozirgi holat böyiça tekşiruvni faqat Prezident Administratsiyasi ötkazişini, menga nisbatan nohaqliklar bölmasligini, barçasi adolat mezonlari asosida körib çiqilişini istayman xolos», — degan Jasur Fozilov.