Vaşingtonda AQŞning 46-prezidenti Jo Bayden qasamyod qabul qildi. U bilan birga Kamala Harris mamlakat tarixidagi ilk vitse-prezident ayol sifatida lavozimga kirişdi.
«Bu Amerikaning kuni, bu demokratiya kuni. Tarix va yangilanişga bölgan umid kuni. Bugun biz nomzodning emas, balki maqsadlarimiz ğalabasini nişonlayapmiz. Maqsadlar - demokratiya. Xalqning irodasi eşitildi. Biz yana bir bor demokratiya mört va qadrli ekanini tuşundik. Bugun, döstlarim, demokratiya ğalaba qozondi», deya öz nutqini boşlagan Bayden.
Yangi prezident öz nutqida millatni birlikka çaqirgan va bir neça marta AQŞning barça fuqarolarini birlaştirişga, «barça amerikaliklar» prezidenti bölişga harakat qilişini ta'kidlagan.
«Qizil kökka qarşi turadi. Şahar - qişloqqa. Konservatorlar - liberallarga. Ammo biz bunga çek qöyişimiz mumkin», degan Bayden.
Prezident AQŞ siyosiy ekstremizm va içki terrorizmga töqnaş kelayotgani, bu muammolarni yengib ötiş zarurligini qayd etib ötgan.
«Xudo va barçangizning oldingizda konstitutsiyani, demokratiya va Amerikani muhofaza qiliş uçun söz beraman. Biz birgalikda Amerika tarixini yozamiz - qörquvlar emas, umidlar tarixini», degan Bayden yiğilganlarga yuzlanib.
Qasamyoddan avval respublikaçi senator Roy Blant va demokratlarning prezidentlikka sobiq nomzodi Emi Klobuşar çiqiş qilişdi, şuningdek, Ledi Gaga AQŞ madhiyasini ijro etdi.
Marosimning asosiy qismi tuşdan keyin boşlandi (Toşkent vaqti bilan soat 22:00). Kapitoliy binosi oldida birinçi bölib Kamala Harris AQŞ oliy sudi sudyasi Soni Sotomayor guvohligida Konstitutsiyaga sodiqligini aytib qasam içdi.
Qasamyod matni XIX asrdan beri özgarişsiz kelmoqda: «Tantanali ravişda qasamyod qilamanki, men Qöşma Ştatlar prezidenti majburiyatlarini halollik bilan bajaraman va Qöşma Ştatlar konstitutsiyasini saqlaş hamda himoyalaş uçun qölimdan kelgan barça işni qilaman».
Baydenni Oliy sud raisi Jon Robers qasamyod qildirdi.
Mavzuga oid
Avvalgi prezident Donald Tramp esa köp asrlik an'analarga ters borgan holda marosimda iştirok etişni istamadi.
Bemisl darajada xavfsizlik çoralari
Inauguratsiya marosimidan avval Amerika poytaxti markazi qamaldagi qal'ani eslatardi - simtösiqlar, tösilgan yöllar va tartibni saqlaş uçun jalb etilgan 25 ming harbiy. 6 yanvar kuni lavozimdan ketayotgan prezident tarafdorlari tomonidan Kapitoliy qamal qilinib, beş kişi halok bölgani tufayli marosim arafasida alohida ehtiyot çoralari körildi.
Trampning özi Floridaga yöl olgan. U AQŞ tarixiga ikki marta impiçment e'lon qilingan ilk prezident sifatida kirdi - ammo ikkinçi ayblov işi Senatda hali körib çiqilmagan, agar u senatorlar tomonidan qoralansa, prezidentlik saylovlarida yana qatnaşiş huquqidan mahrum böladi.
Inauguratsiya kuni
Çorşanba tongida Tramp Oq uydan çiqib Merilenddagi Endryus harbiy bazasiga bordi. U yerda uni artilleriya salyutlari bilan kutib olişdi va u sönggi marta prezident sifatida çiqiş qildi. Tramp yozgi maydonda yiğilgan oila a'zolari, ma'muriyati xodimlariga minnatdorçilik bildirdi, şuningdek, prezident lavozimida erişgan yutuqlari haqida gapirdi. Birinçi ledi Melaniya Tramp ham yiğilganlarga murojaat qildi.
Tramp öz muvaffaqiyatlari qatorida «xitoy virusi» - koronavirusga qarşi kuraşdagi yutuqlarini qöşib ötgan.
AQŞning 400 ming fuqarosi Covid-19 tufayli vafot etgan, demokratlar esa bunda ketayotgan prezidentni ayblaşadi - ammo Tramp vaziyatga boşqaça köz bilan qaraydi.
«Biz tibbiyot möjizasini körsatdik, bu möjizaning nomi vaksina», degan Tramp.
Tramp yangi ma'muriyatga muvaffaqiyat tilagan, lekin Jo Baydenning nomini keltirmagan. Şu bilan birga, Baydenning rejalariga qarşiligini izhor qilişga ulgurdi.
«Umid qilamanki, ular siz uçun soliqlarni oşirişmaydi, agar oşirişsa - men bundan sizni ogohlantirganman!», degan Tramp. Demokratlar eng badavlat amerikaliklar uçun daromad soliğini oşirişni muhokama etişmoqda.
Marosimda harbiy orkestr çiqiş qildi va 21 töpdan öq uzildi.
«Biz sportçilar ta'biri bilan aytganda, bor kuçimizni berdik. Yölimizda köplab tösqinliklar böldi, ammo biz ularni yengib ötdik», degan lavozimdan ketayotgan prezident.
Şundan söng Tramp Oq uyga qaytib, u yerdan Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohiga uçib ketgan.
Vitse-prezident Mayk Pens bu marosimda iştirok etmadi. U Baydenning inauguratsiyasida ketayotgan prezident ma'muriyati nomidan iştirok etişi kerak edi. Axios naşri xabariga köra, Kongressdagi ikki palatadagi respublikaçilarning yetakçilari ham Tramp bilan xayrlaşuv marosimiga kelişmagan.
Vaşington vaqti bilan soat 10da (Toşkent vaqti bilan soat 20:00da) inauguratsiya marosimidan jonli translatsiya boşlandi. Marosimni inauguratsiya qömitasi saytida, şuningdek, uning Youtube, Facebook va Twitter’dagi sahifalarida kuzatiş mumkin.
Inauguratsiyada avvalgi prezidentlardan uç nafari turmuş örtoqlari bilan hozir bölişdi: Barak va Mişel Obama, Jorj va Lora Buş, şuningdek, Bill va Hillari Klinton. Sahnada ular bilan birga jami 200 çoğli kişi böldi - ijtimoiy masofa saqlaş tartibiga rioya etildi. Barça iştirokçilar avvalroq koronavirusga test topşirişgandi. Avvalgi inauguratsiya marosimlarida 200 minggaça odam iştirok etişi mumkin edi, ammo pandemiya tufayli mingga yaqin çipta tarqatilgan.
Bayden va Harris lavozimga kirişgaç harbiy qöşinlarni közdan keçirişadi, Arlington milliy qabristoniga taşrif buyurişadi va noma'lum askar qabriga guldasta qöyişadi. Ularga turmuş örtoqlari - Jill Bayden va Duglas Emhoff hamrohlik qilişadi.
Keyin prezident va vitse-prezident Oq uyga yöl olişadi. Bu yil Pensilvaniya-avenyuda ötkaziladigan an'anaviy inauguratsiya paradi örniga virtual parad ötkaziladi, unda Earth Wind & Fire guruhi çiqiş qiladi.
Nihoyat, 20:30da (Toşkent vaqti bilan soat 06:30) bir yarim soatlik bayram konserti boşlanadi. Uning avvalida Bayden va Harris nutq sözlaşadi, keyin Jastin Timberleyk, Demi Lovato, Jon Bon Jovi, Jon Lejyend, Bryus Springstin, Foo Fighters guruhi va Lin-Manuel Miranda kabilar birin-ketin sahnaga çiqişadi.
Bayden - AQŞ tarixidagi e'tiqodiga köra katolik bölgan ikkinçi prezidentdir (birinçisi Jon Kennedi bölgan). Marosimdan avval u Vaşington yeparxiyasining ibodatxonasiga taşrif buyurgandi.
Trampning sönggi murojaati
Tramp bir yarim asr içida keyingi davlat rahbarining inauguratsiyasini ötkazib yuborgan ilk prezident böldi. Sönggi marta 1869 yilda Endryu Jonson şu işni qilgandi.
E'lon qilingan xayrlaşuv videosida Tramp amerikaliklarni yangi ma'muriyat uçun duo qilişga çaqirgan, ammo Baydenning nomini atamagan. U öz va'dalarini bajargani va köp narsaga erişganini ta'kidlagan. Şuningdek, AQŞning boşqa mamlakatlar bilan ittifoqlarini qayta tiklagani va «ilgari heç kuzatilmagan darajada» Xitoyga qarşi turganini aytib, öz prezidentligi davrida birorta ham uruş boşlamaganligidan faxrlanişini, özi boşlagan siyosiy harakat «hali endi boşlanayotgani»ni qöşimça qilgan.
«Men şafqatsiz kuraşlar, eng qiyin janglar, eng qiyin qarorlarni öz zimmamga oldim — çunki aynan şuning uçun meni saylagansiz. Bizning kun tartibimiz önglar va söllar haqida emas, respublikaçilar va demokratlar haqida ham emas, balki xalq farovonligi haqida edi», degan u.
Saylovdagi mağlubiyatni tan olişni istamagan Trampning tarafdorlarining bir qismi feysbukda öz nomzodlarining muqobil onlayn-inauguratsiyasini ötkazişni rejalaştirişgan. Unda maxsus sahifaga yiğilgan 68 mingdan ortiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari iştirok etişi möljallangan.
Bundan taşqari, marosim arafasida poytaxtga joylaştirilgan Milliya gvardiya bölinmalarining 12 nafar jangçisiga javob berib yuborilgandi - ularning ikkisi ijtimoiy tarmoqdagi postlari tufayli, yana ön nafari - şubhali ötmişi tufayli işdan böşatilgan.
Maxsus xizmatlar xavfsizlik çoralariga qattiq rioya qilişlariga sabab 6 yanvar kuni Tramp tarafdorlari Kapitoliyani qamal qilganida qöriqçilar ularga jiddiy qarşilik körsatmagani yoki xayrixohlik bildirgani bölgan. Öşanda hujum qilganlar içida Virjiniya ştatidagi Milliy gvardiya bölinmasi kaprali ham bölgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi