Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, rejali xizmat körsatiş paytida sodir bölgan hodisa natijasida uç kişi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uç kişi turli darajada kuyiş tan jarohatini olgan. 

Vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika işlarini olib borayotgan xizmat körsatiş xodimlari bölgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuç va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlarini olib bormoqda. Portlaşning kelib çiqiş sabablari böyiça suriştiruv işlari boşlangan.
        
Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga şikast yetmagan.
        
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qöşimça ma'lumot kelib tuşişi bilan rasmiy resurslar orqali e'lon qilinişini bildirdi.