Dastlab u AQŞ Oliy sudi raisi Jon Robers guvohligida  qasamyod qilgan: «Men, Jozef Robinet Bayden, tantanali ravişda Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti vazifalarini sidqidildan bajarişga va Amerika Qöşma Ştatlari Konstitutsiyasini qölimdan kelganiça saqlaşga va himoya qilişga qasamyod qilaman. Va Xudo menga yordam beradi».

«Bu Amerikaning kuni. Bu demokratiya kuni», — degan Bayden öz nutqi avvalida. U yanvar oyi boşida Kapitoliyga qilingan hujumni eslagan va bu hodisa amerikaça demokratiya ahamiyatini körsatganini ta'kidlagan. «Biz yana bir bora demokratiya qançalik qadrli ekanini bilib oldik. Bu soatlarda, mening döstlarim, demokratiya tantana qilmoqda», — degan Bayden.

Öz nutqi davomida Bayden AQŞ aholisi oqlar ustunligiga qarşi turişi kerakligini ta'kidlagan — u inauguratsiya marosimi vaqtida bu mavzuni tilga olgan ilk prezident bölgani aytilmoqda.

Şuningdek, Bayden Donald Trampning tört yillik prezidentligidan keyin yana birlaşiş vaqti kelganini aytgan. «Birlik — bu oldinga yöldir», — deya qayd etgan u. Baydenning aytişiça, uning birlaşiş haqidagi ba'zi sözlari bema'ni xayollardek tuyulişi mumkin, ammo amerikaliklarni ikkiga ajratgan kuçlar haqiqatan mavjud.

Bayden koronavirus pandemiyasi mavzusiga ham töxtalgan. U amerikaliklar murakkab, «sinov davri»ni boşdan keçirayotganini ta'kidlagan. Prezident AQŞ aholisi birdam bölib, pandemiyani yengib öta olişiga işonç bildirgan.

Bayden 21 daqiqa davomida sözlagan. Taqqoslaş uçun: Donald Trampning 2017 yildagi nutqi 17 daqiqa, Obamaning 2009 va 2013 yillardagi nutqlari 19 daqiqadan davom etgandi.