Energetika vazirligi matbuot xizmati Yangi Angren IESda yuz bergan portlaş oqibatida vafot etganlar hamda jarohat olganlarning oila a'zolariga moddiy va ma'naviy yordam körsatilganini ma'lum qildi.

«Bugun, 2021 yil 20 yanvar kuni soat taxminan 11:42da Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining qozon agregatida kömir-kukuni havo aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgan.

19 yanvar kuni Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining 5-son energobloki qozon agregatidagi nuqson tufayli ta'mirga çiqarilgan. Bugun elektr stansiya 560 MVt quvvat bilan işlagan. 4ta energoblok işda, bitta energoblok zaxirada bölgan.

20 yanvar kuni «Vostokenergoteploizolyatsiya» AJ va «Energoqozontozalaş» MÇJning ta'mirlaş işlarini bajaradigan pudrat taşkilotlari işni xavfsiz bajariş uçun yöriqnoma ötkazilib işga qöyilgan.

Energoblok qozon agregatida ta'mir işlarini bajariş vaqtida kömir-kukuni havo aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgan. Natijada «Vostokenergoteploizolyatsiya» AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etgan, «Energoqozontozalaş» MÇJning 3 nafar xodimi turli darajadagi kuyiş jarohatlari olişgan. Ayni paytda ular şifoxonada şifokorlar nazorati ostida, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Energetika vazirligi rahbariyati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa tegişli idora vakillari «Yangi-Angren» issiqlik elektr stansiyasiga zudlik bilan yetib borişgan.

Hozirda tegişli tergov organ xodimlari tomonidan hodisaning asosiy sabablari örganilmoqda. Hodisa sabablari töğrisida rasmiy ma'lumotlar batafsil beriladi.

Pudrat taşkilotlari va kasaba uyuşma qömitalari rahbariyati tomonidan vafot etganlar hamda jarohat olganlarning oila a'zolariga moddiy va ma'naviy yordam körsatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda arxiv xarakteridagi videolar tarqatilgan bölib, bu bugungi voqealarga aloqador emasligini bildiramiz», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq Boş prokuratura Yangi-Angren IESdagi portlaş yuzasidan Angren şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini ma'lum qilgandi.