Dekabr oyi söngida poytaxt maktablaridan 700 ga yaqin 2-10 sinf öquvçilari Al-Beruniy International School tomonidan ötkazilgan matematika va mantiqiy fikrlaş böyiça olimpiadada iştirok etdilar. Uşbu olimpiadani kundalik toifadagi tadbirlardan ikki muhim jihat ajratib turdi:

- 35 million söm miqdoridagi mukofot stipendiyasi: unga eng yaxşi natijalarga erişgan 37 nafar öquvçi munosib deb topildi;

- olimpiadada öquvçilar bilimi mamlakatimiz uçun yangi bölgan PISA dasturi (öquvçilar bilimi baholaşning xalqaro dasturi) metodologiyasi asosida baholandi;

Ma'lumki, dunyoda ilk bor PISA sinovlari 2000 yilda ötkazilib, unda 30 ta mamlakat qatnaşgan. Hozirda bu jarayonga 80 ta davlat qöşilgan. Özbekistonda xalq ta'limi tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi mamlakatning ta'lim sifatini va öquvçilar bilim darajasini baholaş böyiça xalqaro dasturlar (PISA, TIMSS, PIRLS va b.) va tadqiqotlarda muntazam qatnaşişini nazarda tutadi. Uşbu yönalişdagi dastlabki qadamlardan biri Al-Beruniy International School tomonidan taşlandi. Bu yerda ötkazilgan olimpiada doirasida PISA ğoyalariga asoslangan uslubiy yondaşuvdan foydalangan holda öquvçilar bilimi sinovdan ötkazildi hamda mazkur metodologiya umuman, maktab öquv jarayoni va bilim sifatini doimiy ravişda monitoring qilib boriş usuli sifatida qabul qilindi.

- Sir emaski, zamonaviy dunyoda har qaysi mamlakat taraqqiyotining boş omili ta'lim sifati hisoblanadi. Bu borada mamlakatimiz ta'lim dargohlarida bilimlarni yetkazişda yangi öqitiş usullari, texnologiyalar va vositalardan foydalanişga katta e'tibor berilmoqda. Ayni vaqtda ilğor jahon tajribasida öquvçilarni nafaqat töplangan ma'lumotlardan foydalanişga örgatiş, balki ularda egiluvçan va mantiqiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş masalasi markaziy öringa qöyilmoqda, - deydi Pölat Ergaşev, psixologiya fanlari doktori, Al-Beruniy International School ta'lim-tarbiya jarayonlari psixologik ta'minoti bölimi boşliği.