Rossiya töğridan töğri investitsiyalar fondi Turkiyada "Sputnik V" koronavirusga qarşi vaksinasini işlab çiqarişga kelişib oldi, deb xabar berdi TASS.
"RTTIF Turkiyaning farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqaruvçi yetakçi korxonasi bilan Turkiyada Sputnik V vaksinasini işlab çiqariş böyiça kelişuv imzoladi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, yiliga bir neça million doza vaksina işlab çiqariladi, kelgusida işlab çiqarişni kengaytiriş ehtimoli muhokama qilinmoqda.
Fondning ma'lumot berişiça, vaksinalar Turkiya içki bozoriga hamda boşqa mamlakatlarga yetkazib beriladi.
"Sputnik V" vaksinasi Rossiya, Vengriya, Belarus, Argentina, BAA, Serbiya, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay va Turkmanistonda röyxatdan ötkazilgan.












