Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston prezidenti mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganligini e'lon qildi
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, Tojikistonda 15 kundan buyon koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilmagan.
Tojikiston koronavirusni butunlay yengdi, ammo barcha fuqarolar xavfsizlik choralariga rioya qilishlari lozim. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon parlamentga murojaati chog‘ida aytdi.
"Tojikistonda koronavirus yo‘q, u butunlay yo‘q qilindi", - dedi Rahmon.
U shu bilan birga, gigiyena qoidalariga rioya qilishni unutmaslik kerakligini qo‘shimcha qildi.
“Epidemik choralarga rioya qilish, gigiyena vositalari, antiseptiklar, tibbiyot niqoblaridan foydalanish zarurligini ta'kidlayman”, - dedi Tojikiston prezidenti.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, Tojikistonda 15 kundan buyon koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilmagan.
Pandemiya boshlanganidan buyon Tojikistonda 13 ming 308 kishi kasallikka chalingan, 90 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
09:41 / 23.05.2026