Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonga nisbatan xusumati bor yoki unga qarama-qarshi bo‘lgan davlat yo‘q – Sodiq Safoyev
Senat raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonning so‘nggi 4 yilda erishgan yutuqlari qatorida ayni paytda respublikaga nisbatan xusumati bor yoki unga qarama-qarshi davlat yo‘qligini ta'kidladi. Uning aytishicha, ko‘p yillar davomida ayrim mamlakatlar bilan manfaatlar qarama-qarshiligi mavjud bo‘lgan.

Foto: Xalqaro press-klub
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub sessiyasida O‘zbekiston tashqi siyosatida erishilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanishicha, ko‘p yillar davomida ba'zi davlatlar bilan O‘zbekiston manfaatlari bir-biriga zid bo‘lgan.
«Tashqi siyosatimizda oxirgi 4 yilda erishilgan eng muhim natijalardan biri – bugun O‘zbekistonga nisbatan xusumati bor yoki unga qarama-qarshi bo‘lgan davlat yo‘q.
Bu xuddi oddiy bir iboraga o‘xshaydi. Lekin mustaqilligimiz davrida har doim ham shunday bo‘lmagan. Ko‘p yillar mobaynida ayrim davlatlar bilan manfaatlarimiz bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan.
Muhtaram yurtboshimizning diplomatik san'ati shundan iborat bo‘ldiki, oxirgi 4 yilda barcha yo‘nalishlarda yirik hamda bizga bevosita qo‘shni bo‘lgan davlatlar bilan do‘stona muloqotni o‘rnatishga erishdik.
Yana bir yutuq – Markaziy Osiyodagi vaziyatni batamom o‘zgartirishga erishganimizda bo‘ldi. 5 yil oldin ko‘pgina siyosatshunoslar tomonidan Markaziy Osiyoda harbiy to‘qnashuvlar ssenariysi albatta bo‘ladigan voqeadek ko‘rsatilardi. Bugun bu ahmoqona fikr ekani oydinlashdi. Chunki hozir o‘zaro kelishuv asosida ochiq iqtisodiy-siyosiy muloqot olib borilmoqda.
Oxirgi 4 yilda bizning atrofimizdagi davlatlar bilan bo‘lgan savdo 2 barobarga ko‘paydi. Yangi hech narsa yo‘q. Ishlab chiqarish ham o‘sha-o‘sha. Faqatgina ochiqlik, muloqotga tayyorlik bor.
Ilgari aytaylik o‘zimiz uchun kerak bo‘lgan donlarni Qozog‘istondan, hattoki, avtomobilda olib kelar edik. Albatta, bu iqtisodiyotga zid bo‘lgan. Bugun jarayon batamom o‘zgaryapti», – dedi Senat rasmiysi.
O‘tgan yili 23 dekabr kuni Sodiq Safoyev yuqori palataning xalqaro aloqalar bo‘yicha 2020 yilda qilingan ishlari haqida ma'lumot bergandi.
Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari hisobotida O‘zbekistonning YeOIIga integratsiyasi masalasiga ham to‘xtalgan.
«O‘zbekiston uchun integratsion jarayonlarda faol ishtirok etish juda muhim. Chunki O‘zbekiston o‘zining jug‘rofiy joylashuvi nuqtayi nazaridan ham muayyan imtiyoz va muammolarga ega. Shuning uchun savdo aloqalarini rivojlantirish, transport yo‘laklarini barpo etish biz uchun rivojlanishning eng muhim omillaridan biridir.
Prezident o‘z murojaatnomasida parlamentning ikkala palatasiga ham YeOII bilan hamkorlik natijalarini chuqur o‘rganish va xulosaga kelish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Bizda bu masalada ekspertlar tomonidan chuqur o‘rganishlar o‘tkazildi va «kuzatuvchi davlat» maqomi ma'qul ko‘rildi. O‘ylashimcha, bu parlamentning tugayotgan yildagi eng muhim ishlaridan biri», – degan u.
Avvalroq, jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingan 2021 yil davlat dasturi loyihasida O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatidagi asosiy hujjatni o‘zgartirish taklifi bildirilgani haqida xabar berilgandi. Amaldagi konsepsiya esa ochiq manbalarda uchramaydi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida

21:19 / 03.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?

15:07 / 03.05.2025