Kun.uz 26 yanvar kuni «Pul tölanganda darhol yonmayotgan «svet» va oşiqça tölovlar: ASKUE tizimida nima muammo?» sarlavhali maqola e'lon qildi.

Maqolada Özbekiston böylab joriy etilayotgan «elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi» (ASKUE) bilan boğliq iste'molçilar duç kelayotgan muammolar haqida söz boradi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ maqolaga munosabat bildirdi.

«ASKUEga ulangan iste'molçilar qarzdorligi mavjud bölganda tarmoqdan avtomat ravişda uziladi va tölovlarni amalga oşirib, mavjud qarzdorligini söndirgandan keyin tarmoqqa qayta avtomat ravişda ulanadi», – deya ta'kidlangan kompaniya bayonotida.

Qayd etilişiça, iste'molçilarga örnatilayotgan hisoblagiçlardan olinadigan barça ma'lumotlar onlayn ravişda amalga oşiriladi.

«Iste'molçilar ulardagi mavjud hisoblagiçlarni yangisiga almaştirilganda eski hisoblagiçning yeçilgan vaqtdagi körsatkiçi böyiça özining elektr energiyasidan qarzdorligiga aniqlik kiritib olişlari lozim. Yangi hisoblagiç örnatilgaç, onlayn «billing» tizimiga boğlaniş ma'lum vaqt talab etişi mumkin. Bu orada örnatilgan yangi hisoblagiç tizimga ulangunga qadar iste'mol qilgan elektr energiyasi miqdorini hisoblab boradi.

Iste'molçining hisoblagiçi ASKUEga ulangandan söng uning hisoblagiçdagi mavjud elektr energiyasi miqdori hamda avvalgi hisoblagiçidan qolgan qarzdorligi mavjud bölganda, ikkalasi umumlaştirilib hisob-kitoblar amalga oşiriladi. Bunday holatlarda iste'molçi tölov amalga oşirgan bölsa ham göyoki qisqa muddat, ya'ni 2–3 kunda barça pullarini yeçib olinayotganday böladi. Aslida, iste'molçi avvalgi hisoblagiçidan qolgan yoki yangi hisoblagiçda yiğilib qolgan qarzdorligi böyiça tölovlarni töliq amalga oşirmagan böladi.

Hozirgi kunda iste'molçilar elektr energiyasi uçun tölovlarni respublikamizdagi barça tijorat banklari, ularning mobil ilovalari hamda barça mavjud tölov tizimlari orqali amalga oşirişlari mumkin.

Bunda iste'molçilardan tölov amalga oşiriş jarayonida huşyorlikni oşiriş söraladi. Xususan, ilovalar orqali tölov amalga oşirilganda e'tibor qaratadigan jihati, elektr energiyasi uçun tölovning turi bölib, bu juda ham sodda körinişda belgilab qöyilgan «tölov turi», ya'ni elektr energiyasi uçun yoki penya uçunligi tanlab olinadi. Bu imkoniyat iste'molçilar uçun qulaylik yaratiş maqsadida tölov tizimlari tomonidan yaratilgan», – deyiladi HET axborotida.